Samarqanddagi xalqaro festivalda 7 tonna palov pishiriladi

Tayyorlangan palov Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va qariyalar uylariga topshiriladi.

Ulashish:

2025 yilning 1-3 avgust kunlari Samarqandda oʻzbek oshxonasini ommalashtirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan birinchi xalqaro “Samarqand palovi” festivali boʻlib oʻtadi. Butun dunyoga katta pazandalik shousi koʻrinishida taqdim etiladigan milliy taom – Samarqand paloviga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Festivalning asosiy voqeasi 200 dan ortiq oshpaz ishtirokida 7 tonna palovning tayyorlanishi boʻladi. Bu voqea 3 avgust kuni “Abadiy shahar” sayyohlik majmuasida boʻlib oʻtadi va haqiqiy rekordga aylanishi kutilmoqda.

Festival dasturiga quyidagilar kiradi:

1 avgust – Sulton Xovand beka (Ashratxona) maqbarasi hududida ochilish, oshpazlik tanlovlari va mahalliy retseptlar taqdimoti;

2 avgust – Alisher Navoiy koʻchasida xorijiy oshpazlar ishtirokida xalqaro festival kuni, mahorat darslari va degustatsiyalar;

3 avgust – palov tayyorlash boʻyicha pazandalik rekordi va xayriya tadbiri.

Uch kun davomida mehmonlar hunarmandchilik yarmarkalari, sharqona shirinliklar koʻrgazmalari, madaniy tadbir va konsert dasturlarini tomosha qilishadi. Tayyorlangan palov Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va qariyalar uylariga topshiriladi.

Samarqand palovi festivali mintaqaning tashrif qogʻozi va Oʻzbekiston uchun yangi gastronomik brendga aylanishi moʻljallangan.

Oʻzbekiston

29.07.2025, 16:02

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 12:42

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kumush qimmatbaho metall qotishmasini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 15:06

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:52

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassisi yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan fuqaroga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:19

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Samarqanddagi xorijiy korxona tabiatga 7 milliard soʻm zarar yetkazdi

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi 11,3 gektar maydondagi lyossimon jinslarni noqonuniy qazib olayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Oʻzbekiston

09.10.2025, 15:09

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston nima sababdan «Tinchlik kengashi»ga qoʻshildi?

Taʼkidlanishicha, kengash faoliyatining asosiy vazifasi Yaqin Sharqda davom etayotgan mojarolarni bartaraf etish va mintaqada barqaror tinchlikni taʼminlashdan iborat.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 15:33

Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit miqdori oshiriladi

Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash doirasida imtiyozli kreditlarning eng yuqori miqdori 50 million soʻmga yetkaziladi.

Iqtisodiyot

24.01.2026, 12:13

Oʻzbekistonda onlayn ish niqobi ostidagi moliyaviy piramida aniqlandi

Bu safar Pioneer Global Media nomi ostida faoliyat yuritgan platforma atigi 6 oy ichida oson pul topish ilinjidagi fuqarolarning mablagʻlarini oʻzlashtirgan.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 11:44

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

Davlatlar va ularning harbiy salohiyatini baholab boradigan Global Firepower portali 2026 yil uchun reytingini eʼlon qildi. 

Oʻzbekiston

24.01.2026, 09:57

Dubayda janjalga aloqador olti oʻzbekistonlik oʻlim jazosiga hukm qilindi

Ochiq sud majlisida sudlanuvchilardan olti nafari oʻlim jazosiga hukm qilingan, yana bir kishiga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 08:50

AQSh JSSTdan rasman chiqdi

22 yanvar kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan (JSST) toʻliq chiqdi. 

Jahon

23.01.2026, 18:10

«Oskar–2026»: eng yaxshi film uchun asosiy daʼvogar aniq

Amerika Kinoakademiyasining 98-«Oskar» mukofoti uchun nomzodlar eʼlon qilindi. Dunyo boʻylab kino ishqibozlari kutib olgan ushbu tadbir bu yil ham eng yaxshi film, rejissyor, aktyor va aktrisalar oʻrtasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlmoqda.

Madaniy

23.01.2026, 15:20

Ruslan Chagayev Valuyev bayonotiga munosabat bildirdi: “Kerak boʻlsa, ringga chiqishga tayyorman”

Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyevning soʻnggi bayonotlariga uni ringda magʻlub etgan mashhur bokschi Ruslan Chagayev munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

23.01.2026, 11:22

Tajovuzkor ritorika davom etmoqda: navbat Valuyevga

Rossiyalik propagandist Vladimir Solovyov boshlab bergan tajovuzkor ritorikani avvalroq faylasuf Aleksandr Dugin davom ettirgan edi.

Jahon

23.01.2026, 10:32

Lactalis Oʻzbekistonda sotilgan ayrim chaqaloqlar sut mahsulotlarini qaytarib olmoqda

Lactalis dorixonalar va supermarketlarda sotilgan Picot brendiga mansub 6 ta partiya chaqaloqlar sut mahsulotini xomashyoda sereulid toksini aniqlangani sabab qaytarib olmoqda.

Oʻzbekiston

23.01.2026, 10:07

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi

Hodisa joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Shahrisabz va Mustaqillik shoh koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

23.01.2026, 08:52

Toshkentda 40 yildan oshgan 52 mingdan ortiq avtomobil aniqlandi

Ekologik talablarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.

Oʻzbekiston

22.01.2026, 17:27