updated: 22.03.2026, 08:15

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Ulashish:

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Prezident taʼlim sohasida maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun YuNESKO inklyuziv taʼlim platformasini yaratish, kasbiy taʼlim boʻyicha Butunjaxon sammitini oʻtkazish hamda «Sunʼiy intellekt – maktab» nomli pilot loyihani amalga oshirishni taklif etdi. Shuningdek, sunʼiy intellekt etikasi boʻyicha xalqaro ekspertlar forumini tashkil etish tashabbusi ham bildirildi.

Madaniy meros va raqamli yoʻnalishda prezident 19-noyabrni Xalqaro hujjatli meros kuni sifatida eʼlon qilish, YuNESKO tizimida Raqamli meros xalqaro institutini tashkil etish, hamda 2027-yilda Buxoro shahrida hunarmandchilik va xalq ijodi boʻyicha xalqaro kongress oʻtkazishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev ayollar faolligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida YuNESKO Ayollar liderligi akademiyasini tashkil etish va Samarqandda taʼlim, fan va madaniyat sohasida faol ayollar ishtirokida Global ayollar forumini oʻtkazish tashabbuslarini ilgari surdi.

Iqlim oʻzgarishi va ekologik muammolar yuzasidan davlat rahbari «YuNESKO ekologik poytaxti» xalqaro tashabbusini yoʻlga qoʻyish, madaniy merosni iqlim oʻzgarishi sharoitida asrash boʻyicha rezolyutsiya ishlab chiqish, hamda Xiva shahrida xalqaro simpozium oʻtkazish takliflarini bildirdi.

Axborot xavfsizligi masalasiga ham toʻxtalar ekan, prezident yolgʻon axborot tarqalishiga qarshi kurashish, jamoatchilik fikrini himoya qilish, bolalar madaniy kontenti boʻyicha xalqaro festival tashkil etish, hamda media savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha kompleks strategiya ishlab chiqish tashabbuslarini ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev nutqi yakunida Oʻzbekistonni madaniyatlararo muloqot, innovatsion taʼlim va inson qadriyatlarini rivojlantirish markaziga aylantirishga intilayotganini taʼkidladi.

«Bizning maqsadimiz — taʼlim, fan, madaniyat va axborot sohalarida umumjahon hamkorligini yanada mustahkamlash», — dedi davlat rahbari.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 12:42

Ramazon oyi munosabati bilan muhtojlarga keng koʻlamli yordam koʻrsatiladi

19 fevraldan boshlanadigan muborak Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonda muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

Oʻzbekiston

17.02.2026, 08:56

Guliston shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

Guliston shahridagi ichki yoʻllar boʻylab qatnovlarni amalga oshirish maqsadida 52 ta avtobus olib kelindi. Ular “Yevro-5” standarti talablariga toʻliq javob berib, tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi.

Oʻzbekiston

04.12.2025, 19:39

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida 28 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Siyosat

28.10.2025, 11:33

Samarqandda 14-YuNESKO Yoshlar Forumi start oldi

Bu yilgi forum «Iqlim harakati va uning ijtimoiy taʼsiri, ayniqsa yoshlar uchun» mavzusiga bagʻishlanib, dunyo boʻylab 140 ta mamlakatdan 150 nafarga yaqin yosh yetakchini birlashtirdi. Forumga Bangladeshning YuNESKOdagi doimiy vakili, Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi raisi Xondker Muhammad Talha tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 17:02

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kumush qimmatbaho metall qotishmasini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 15:06

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45