Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi
Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.
Oʻzbekiston
13.10.2025, 15:52
Ulashish:

Samarqand shahrida qimorga berilgan oʻrtancha oʻgʻilning oʻlimiga sabab boʻlgan aka-uka jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 30 yoshli U.A. va 23 yoshli Q.A. oʻrtancha oʻgʻil J.A.ni qimor oʻyinidan qaytarish maqsadida «tarbiyalab» qoʻymoqchi boʻlishgan. Ular 2025 yil 20 iyun kuni soat 15:00 larda yashash uylarida J.A.ni kaltaklab, arqon bilan hovlidagi daraxtga bogʻlab qoʻyishgan. Soʻngra U.A. gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilingan J.A.ning tanasining turli qismlariga sim kabel bilan shafqatsizlarcha urib, unga qasddan jarohat yetkazgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan J.A. hodisa joyida vafot etgan.
U.A. sudda aybiga toʻliq iqrorlik billirgan va maqsadi ukasini qimordan qaytarish boʻlganini aytgan.
«Oʻrtancha ukam J.A. ayrim fuqarolardan qarz boʻlib qolgandi. Topgan pulini onlayn qimorga tikib yuborardi. Uydagi koʻp narsalarni, turmush oʻrtogʻi, hatto onamga tegishli boʻlgan tilla taqinchoqlarni ham sotib, pullarini onlayn qimorga sarflab yubordi.
2025 yil 20 iyun kuni tushlikka yaqin ukamning oldiga borib, toʻlashi lozim boʻlgan krediti nima boʻlganini soʻradim. U pullarni qimorga tikib, yutqazib qoʻygani, ishlab toʻlashini aytdi. Uning gaplaridan jahlim chiqib, ogʻzaki tarzda tortishib qoldim. Soʻngra uni bu yoʻldan qaytarish maqsadida kichik ukam Q.A.ga qoʻngʻiroq qilib, uni chaqirdim.
Shu kuni soat 15:00 lar atrofida J.A.ni urdik. Soʻngra arqon bilan hovli oʻrtasidagi daraxtga bogʻladik. Shundan keyin taxminan 30 daqiqa tanasining duch kelgan joylariga sim kabel bilan urdim. Kichik ukam esa yonimda qarab turdi. J.A.ning yuzi, boshi va tanasi shilinib, qon oqa boshladi. Keyin uni arqondan boʻshatib, yuvintirdik hamda tashqaridagi krovatga yotqizdik. J.A. issiq ekanini aytgach, uyga olib kirdik. Soʻngra u dam olishini aytib, uxladi. Ancha vaqt oʻtgach tobi qochdi, yuragi sekin ura boshladi. Tez tibbiy yoram chaqirdik. Yetib kelgan shifokorlar ukam vafot etganini aytishdi», degan U.A. suddagi koʻrsatmasida.
Aka qilgan ishidan pushaymonligini aytib, bir ukasining oʻlimiga, kichik ukasining qamalishiga sababchi boʻlganidan vijdon azobida qiynalayotganini bildirgan.
Q.A. ham sudda akasinikiga oʻxshash koʻrsatma bergan.
J.A.ning otasi I.T. ham sudda koʻrsatma berib, oʻrtancha oʻgʻli qimorga berilgan boʻlgani, odamlardan qarzi koʻpayib ketganini maʼlum qilgan.
«Oʻrtancha oʻgʻlimning ishi yaxshi edi, u payvandlash ishlari bilan shugʻullanardi. 3-4 yildan buyon onlayn qimor oʻyinlariga berilib qoldi. Bu kabi oʻyinlarni oʻynamasligi haqida bir necha marta tayinlab, tanbeh berganman. Ammo u gapimga kirmadi, ishlagan pulini onlayn qimor oʻyinlariga tikib yuboraverdi. Uyga biror marta pul olib kelmagan. Akasi va ukasi ham qimor oʻynamasligi, oxiri baribir qarz boʻlib qolishini aytishsa-da, ular bilan janjal qilardi. Qarzi koʻpayib ketdi, odamlar uyiga pulini soʻrab kelaverganidan soʻng akasi va ukasi qarzlarini toʻlab berishni boshladi. Lekin u odamlardan ham, bankdan ham qarz olib, topgan pulining hammasini onlayn qimorga tikishdan qaytmadi», degan ota.
I.T. sudda kichik oʻgʻliga qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlashni soʻragan.
Samarqand shahar sudi hukmi bilan U.A. va Q.A. Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi «a» bandi va 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Akaga 8,5 yil, ukaga esa 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Oʻzbekiston
13.10.2025, 15:52
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qobiljon millatchilik qurboni
Jahon
22.12.2025, 11:02

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar
Jahon
19.12.2025, 10:29

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
31.10.2025, 10:13
Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 14:21

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi
Oʻzbekiston
21.10.2025, 12:42

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
16.10.2025, 15:06
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 08:56

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 11:20

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.
Sport
06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
