Saudiya Arabistoni ikki yangi alkogol doʻkonini ochadi — Reuters
Doʻkonlardan biri Dahron shahridagi Saudi Aramco himoyalangan majmuasida joylashadi va faqat musulmon boʻlmagan xorijiy xodimlarga xizmat koʻrsatadi. Ikkinchisi esa Jidda shahrida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatlar uchun ochiladi. Eslatib oʻtamiz, Saudiyada musulmonlarga alkogol sotish, saqlash va isteʼmol qilish 1952 yildagi ommaviy mojarodan soʻng toʻliq taqiqlangan.
Jahon
26.11.2025, 08:26
Ulashish:

Saudiya Arabistoni mamlakatdagi koʻp yillik toʻliq taqiq tizimini bosqichma-bosqich yumshatish doirasida ikki yangi alkogol doʻkonini ochishni rejalashtirmoqda.
Har ikki doʻkon 2026 yilda ish boshlashi kutilmoqda va ularda qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. Bu tizim 2024 yil boshida Ar-Riyoddagi diplomatik kvartalda ochilgan maxsus doʻkon amaliyoti bilan bir xil tartibda boʻladi. U yerda ham alkogol faqat musulmon boʻlmagan diplomatlar va maxsus maqomga ega oz sonli xorijliklarga sotiladi.
Reuters taʼkidlashicha, yangi doʻkonlar Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun moʻljallanmagan boʻlib, ular yopiq majmua qoidalari asosida — roʻyxatdan oʻtish, kvotalar va nazorat qilingan xaridlar orqali faoliyat yuritadi.
Ushbu islohot mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmonning «Vision 2030» dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Dastur xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, malakali ekspatlar sonini oshirish va turizm hamda koʻngilochar sohalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Rasmiylar agentlikka bildirishicha, alkogolga cheklangan va nazoratdagi ruxsatnomani kengaytirishdan maqsad — noqonuniy savdo va diplomatik kontrabandani kamaytirishdir. Shu bilan birga mamlakatda umumiy alkogol taqiqlari saqlab qolinadi.
Saudiya Arabistonida musulmonlarga alkogol sotish, saqlash va isteʼmol qilish 1952 yildagi ommaviy mojarodan soʻng joriy qilingan toʻliq taqiq doirasida man etiladi. Qoida shariat qonunlariga asoslanadi va mamlakat jinoyat kodeksi boʻyicha jarima, qamoq, chet elliklar uchun deportatsiya kabi jazolarni nazarda tutadi.
Jahon
26.11.2025, 08:26
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”
Oʻzbekiston
16.10.2025, 16:03

Shavkat Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vazirini qabul qildi
Siyosat
15.10.2025, 14:36

Makka va Madinada qushlarga don sochganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi
Jahon
13.10.2025, 11:16

Saudiya Arabistoniga oʻzbekistonliklarning safari salkam 50 foizga oshdi
Oʻzbekiston
12.10.2025, 11:48

Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan bir guruh ziyoratchilar Oʻzbekistonga qaytarildi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 16:25
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31
So‘nggi yangiliklar

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi
Jahon
28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi
Jahon
28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi
Oʻzbekiston
28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi
Oʻzbekiston
27.02.2026, 18:25

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi
Jahon
27.02.2026, 15:35

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi
Jahon
27.02.2026, 12:34

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi
Jahon
27.02.2026, 12:22

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz
Fan-texnologiya
27.02.2026, 11:08

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?
Oʻzbekiston
27.02.2026, 10:25

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda
Jahon
26.02.2026, 15:11
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31
