Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrif bilan yetib bordi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi. Tashrif dasturi doirasida Mirziyoyev AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi.
Siyosat
05.11.2025, 08:44
Ulashish:

Davlat rahbarini AQSh davlat kotibining oʻrinbosari Kristofer Landau, AQSh–Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shuningdek, Mirziyoyev AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar bilan suhbat qilib, vatandoshlarimizga oʻz ezgu tilaklarini bildirdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5–6 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Shu kunlarda Prezident Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar olib boradi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “C5+1” formatdagi sammitida ishtirok etadi.
Dasturdan AQSh Kongressi va hukumati vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek, yetakchi Amerika kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham oʻrin olgan.
Ushbu sammit Tramp ishtirokidagi ilk “C5+1” uchrashuvi boʻladi. Avvalgi shunday formatdagi sammit 2023 yil sentabr oyida, oʻsha paytdagi AQSh Prezidenti Jo Bayden raisligida oʻtkazilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilgan edilar. Sentabr oyi oxirida esa ular Nyu-York shahrida uchrashib, Oʻzbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga kelishib olgan edilar.
Siyosat
05.11.2025, 08:44
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 17:25

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi
Jahon
28.02.2026, 10:03

Jeffri Epshteyn ishi: asosiy voqealar va yangi oshkoralik
Jahon
05.02.2026, 09:29

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

15 mln oʻzbekistonlikning shaxsiy maʼlumotlari sizdirilgani rostmi?
Oʻzbekiston
03.02.2026, 14:36
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:43

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
