Yevropa Ittifoqi Armanistonga yordam tariqasida 34 million yevro ajratdi
Kengayish masalalari bo‘yicha komissar Marta Kosning aytishicha, Yevropa Ittifoqi suveren, demokratik va mustaqil davlat – Armanistonni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.
Siyosat
20.06.2026, 14:34
Ulashish:

Yevropa Komissiyasi Armanistonga Rossiyaning savdo cheklovlari mamlakat xususiy sektoriga ko‘rsatayotgan ta’sirini yumshatish uchun 34 million yevro ajratdi. Bu haqda Yevropa Komissiyasining rasmiy sayti ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, rais Ursula fon der Lyayenning Bosh vazir Pashinyan bilan telefon muloqotidan ikki hafta o‘tib, Yevropa Ittifoqi Armaniston va uning xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlarini tezkorlik bilan bajargan.
Mazkur moliyaviy ko‘mak Ursula fon der Lyayen tomonidan e’lon qilingan keng qamrovli yordam paketining birinchi qismidir. Shuningdek, ushbu paket Armanistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan savdo aloqalarini qulaylashtirish va hamjihatlik chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
O‘tgan oy Yevropa Ittifoqi–Armaniston sammitidagi kelishuvlarga muvofiq, Yevropa Ittifoqi va Armaniston biznes aloqalarini mustahkamlash hamda armanistonlik ishlab chiqaruvchilarning bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi hamkorlikni davom ettiradi.
Savdo cheklovlaridan zarar ko‘rgan sohalarga, jumladan, agrosanoat mahsulotlari, gulchilik va boshqa eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarga alohida yordam beriladi. Buning uchun savdo loyihalari va biznes-uchrashuvlar tashkil etiladi.
Yevropa Ittifoqi–Armaniston Iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha ishchi guruhi ushbu choralarni boshqarish va kuzatib borish maqsadida muntazam yig‘ilishlar o‘tkazmoqda.
Kengayish masalalari bo‘yicha komissar Marta Kosning aytishicha, Yevropa Ittifoqi suveren, demokratik va mustaqil davlat – Armanistonni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.
“Bugungi yordam iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish bilan birga, Armaniston biznesmenlari uchun mintaqaviy va Yevropa bozorlari bilan savdo qilishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu – Yevropa birdamligining amaldagi ifodasi” – dedi Marta Kos.
5-iyul kuni Komissar Kos yordam dasturini amalga oshirishni tezlashtirish hamda Yevropa Ittifoqi va Armaniston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida navbatdagi qadamlarni muhokama qilish uchun Armanistonga tashrif buyuradi.
Avvalroq Armanistondagi Yevropa siyosiy hamjamiyati uchrashuvining Markaziy Osiyoga ta’siri haqida maqola chop etgandik.
Siyosat
20.06.2026, 14:34
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
