Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 19:39

Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

“Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Fayzullayev nega Yevrokuboklarda oʻynamayapti?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev endi hamkorlikda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Turkiya chempionati hali start olishiga bir necha kun boʻlsa-da, “Bashakshehir” uchun mavsum ertaroq boshlandi. Oʻtgan mavsumda Superligani beshinchi oʻrinda yakunlagan istanbulliklar xalqaro maydonda Turkiya sharafini himoya qilishga kirishdi.

“Istanbul Bashakshehir” UYeFA Konferensiyalar ligasi saralash turniri ikkinchi bosqichida Bolgariyaning “Cherno More” jamoasi bilan ikkita uchrashuvda kuch sinashib, safarda 1:0 va oʻz uyida 4:0 hisobida zafar quchdi.

“Roma”dan keyinchalik toʻliq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olingan Eldor Shomurodovning yangi klubidagi dastlabki ikki oʻyini aynan mana shu uchrashuvlarga toʻgʻri keldi.

Shomurodov hozir uchinchi bosqich bahslariga tayyorgarlik koʻrmoqda. “Istanbul Bashakshehir” 7 va 13 avgust kunlari Norvegiyaning “Viking” jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi.

Oʻzbekistonlik futbol ishqibozlarini boshqa masala qiziqtirmoqda. “Bashakshehir”ga oʻtgani bir necha kun boʻlgan Abbosbek Fayzullayev nega Konferensiyalar ligasi bellashuvlariga jalb qilinmayapti? “Viking” bilan boʻladigan oʻyinda Fayzullayevni maydonda koʻramizmi?

Bu savollarga rossiyalik jurnalist rossiyalik jurnalist Aleksandr Troitskiy oydinlik kiritdi.

- Abbosga 14 avgustga qadar boʻladigan oʻyinlarga taqiq qoʻyilgan. Norvegiyaliklarga qarshi boʻladigan bellashuvlarda ham Fayzullayev oʻynamaydi.

Biz “Istanbul Bashakshehir” musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishiga va Abbos bu mavsum Yevrokuboklarda debyutini nishonlashiga umid qilib qolamiz, - deb yozdi Aleksandr Troitskiy.

Fayzullayevning sobiq klubi – SSKAning kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Kirill Breydo tez kunlarda “Istanbul Bashakshehir” oʻzbek futbolchisi transferi boʻyicha toʻlovlarni oxiriga yetkazishini maʼlum qildi.

- Abbos Fayzullayevning transferi boʻyicha klubni qoniqtiradigan moliyaviy kafolatlar biz uchun juda muhim edi va muzokaralar shundan kelib chiqib oʻtkazildi. Tez orada “Istanbul Bashakshehir” SSKA bilan transfer boʻyicha toʻliq hisob-kitob qiladi. Biz Abbosga muvaffaqiyat va futboldagi orzulari roʻyobini koʻrishini tilaymiz.

Abbosning ketgani hujum chizigʻini kuchaytirish uchun qidiruv boshlashimizga sabab boʻldi. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan nomlardan qaysidir biri  toʻgʻri, boshqalari xato berilyapti. Ayrim muzokaralarda ancha oldinga siljish bor, baʼzilari sekin ketyapti. Nomzodlardan bir nechtasi haqidagi maʼlumotlarni matbuotga sizishining oldi olindi. Lekin hujum kuchaytirilishi aniq, - dedi Kirill Breydo.

Abbosbek Fayzullayev transferi uchun “Istanbul Bashakshehir” 7,5 million yevro badal puli toʻlashi kelishilgan. Bundan tashqari legionerimiz natijalariga qarab, ikki yarim million yevro bonus ham koʻzda tutilgan.

Turk klubi Fayzullayevning oʻzi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Ekspertlar “Istanbul Bashakshehir” oʻzbekistonlik hujumkor futbolchi uchun kelajakda Yevropaning top-ligalariga tramplin boʻladi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Sport

05.08.2025, 16:11

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gvardiola: “Abduqodir Husanov klub uchun muhim futbolchi”

Xosep Gvardiola oʻziga nisbatan boʻlayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. 

Sport

27.08.2025, 13:22

Ronaldu nafaqat "An-Nasr" sardori, endilikda klub xoʻjayinlaridan biriga aylandi

Iyun oyida klub futbolchi bilan uzaytirgan yangi shartnomasiga koʻra, unga 15 foizlik ulush berilgani xabar qilingandi. 

Sport

01.08.2025, 18:43

Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilaridan yana biri Eronga yoʻl olmoqda

Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilaridan yana biri Eronga yoʻl olmoqda

"Persepolis" ayni paytda oʻzbekistonlik yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda.Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin. 

Sport

17.07.2025, 10:45

Hujumchi Lukaku "Napoli" klubiga oʻtdi

Hujumchi Lukaku "Napoli" klubiga oʻtdi

"Chelsi" jamoasida toʻp surgan 31 yoshli belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku 30 million funt evaziga "Napoli" klubiga oʻtdi. 

Sport

24.08.2024, 13:29

Bugun Yevro – 2024 ning chorak final bahslariga start beriladi

Bugun, 5 iyul kuni YeVRO-2024 musobaqasining  ikki (qonli) chorak final bahsi boʻlib oʻtadi. Chempionatda doimiy yaxshi natija qayt etib kelayotgan Ispaniya mezbon Germaniya bilan maydonga tushadi, ikkinchi tarafda turnirning 2016 yilgi finalchilari Fransiya hamda Portugaliya oʻzaro oʻyin olib boradi. Bu ikki tarixiy oʻyinni ketma-ket qoʻyilishi katta futbolni sogʻingan muxlislarning issiq havoda muzdek suv kabi joniga  oro boʻlsa ajab emas. Natijalardan soʻng muxlislar bugun musobaqaning eng kuchli ikki terma jamoasi bilan xayrlashishga toʻgʻri keladi. 

Sport

05.07.2024, 17:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi.

Madaniy

15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy

Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp va Si Pekindagi muzokaralar chog‘ida Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi yo‘lini ochiq saqlash zarurligi borasida kelishib olgan.

Jahon

15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning oldiga qoramollar sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini 141 milliontaga yetkazish vazifalari qo'yilgan.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi

Qaytarilgan artefaktlar Kushon davridan Temuriylargacha bo‘lgan davrlarga oid noyob yodgorliklardan iborat.

Madaniy

13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida kuzatilgan qisqarishdan so‘ng aprel yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga ko‘payib, jami 70 milliard 891,9 million dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?

Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Jahon

12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi

BAAning “Unison Capital Investment” kompaniyasi respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston

12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →