Liviyada futbol klubiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi
Intisor Shanib Liviyaning Derna shahridagi mashhur “Darnes” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Uning fikricha, rahbarlik jins bilan emas, qobiliyat va malaka bilan o‘lchanadi.
Sport
03.06.2026, 14:50
Ulashish:

Intisor Shanib sharqiy Liviyaning Derna shahrida joylashgan mashhur “Darnes” futbol klubi prezidenti bo‘ldi. Boshqa barcha da’vogarlar uning foydasiga o‘z nomzodini qaytarib oldi. Shanib bu voqeani “barcha Liviya ayollari uchun eng katta yutuq” deb atadi.
Dushanba kuni klub bosh assambleyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Muhammad Abdul-A’tiy “Reuters” axborot agentligiga uch nafar raqib nomzod Shanibning yagona nomzod sifatida qarshiliklarsiz saylanishiga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Shanib Derna shahri deputati hamda Vakillar palatasining Xotin-qizlar va bolalar masalalari qo‘mitasi raisi hisoblanib, yaqin ikki hafta ichida yangi lavozimiga kirishadi.
Shaniy vazifa oson bo‘lmasa-da, ushbu lavozimni ayol kishi egallayotgani har qanday liviyalik ayol uchun ham sharaf ekanini aytdi.
“Men liviyalik ayollar “Darnes” klubi muxlislariga nimadir bera olishini isbotlamoqchiman”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shanibning bolalik davrlaridan “Darnes” bilan aloqasi mavjud – uning akasi va amakisi ushbu klubda to‘p surgan.
U o‘zining tayinlanishi tanqidsiz kechmasligini ham tan oldi.
“Qanday qilib ayol kishi bu lavozimni egallashi mumkin, degan hasadli savol ham bor. Nafaqat sport klublari, balki ayollar boshqarayotgan mamlakatlar ham mavjud. Rahbarlik ayol yoki erkak boshqarishi bilan emas, balki malaka va qobiliyat bilan o‘lchanadi”, – dedi Shahib.
Sportdagi yetakchi rahbar ayollar
Hanan Al-Qurashi — 2023-yil iyun oyida Saudiya Arabistonidagi Toif shahrining “Vej” sport klub prezidenti etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Keyingi yili esa bu lavozimni Abdulloh As-Saati egalladi.
Anisha Muhoozi — 2018-yildan beri Ugandadagi “Kampala Capital City Authority” klubining bosh direktori bo‘lib ishlaydi. Ushbu klub mamlakatda peshqadamlardan biri hisoblanadi.
Doris Petra — 2021-yildan 2025-yilgacha Keniya futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.
Kanizat Ibrohim — 2021-yilda Afrika futbolining boshqaruv organi — CAF Ijroiya qo‘mitasiga saylandi, so‘ngra CAFning 5-vitse-prezidenti etib tayinlandi. Hozirda Kanizat Ibrohim FIFA kengashi a’zosidir.
Klaudiya Ritso — Italiyada “Ternana Calcio” klubini boshqarib, Italiya klublarining eng yosh va sanoqli ayol prezidentlaridan biri sifatida ommaviy axborot vositalari e’tiboriga tushdi. U o‘tgan yilning sentyabr oyida, 23 yoshida klubning bir asrlik tarixidagi eng yosh va birinchi ayol prezident sifatida tayinlanib, tarixga kirgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi
Sport
20.07.2026, 11:13

Endi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etadimi?
Sport
13.07.2026, 16:12

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
Sport
09.07.2026, 16:07

FIFA reytingi yangilandi: Oʻzbekiston bir pogʻona yuqoriladi
Sport
18.09.2025, 18:24
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
