Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.
Oʻzbekiston
24.09.2025, 11:01
Ulashish:

Xususan, Fargʻona viloyati Beshariq tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi Tojikiston Respublikasidan Beshariq tumanida joylashgan “Rovot” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida toʻxtatildi.
Avtomashina sinchkovlik bilan koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasiga oʻrnatilgan gaz balloni ichiga 53 dona oʻramda giyohvandlik vositalari yashirilganligi maʼlum boʻldi.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu oʻramlarda 50 kg 852 gr “opiy” va 6 kg 927 gr “gashish” moddalari borligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida avtotransport egasi ushbu ajal ogʻusini Dushanbe shahridan olib kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Bu turdagi jinoyat Samarqand viloyatida ham qayd etilib, jumladan Urgut tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashina “Samarqand-Navoiy” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida Narpay tumani hududida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan toʻxtatildi.
Avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasida Tojikistondan olib kelingan 981 gr “geroin” moddasi borligi maʼlum boʻldi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “Andijon – Namangan” yoʻnalishida harakatlanayotgan “VAZ 2106” rusumli transport vositasi Norin tumani hududida toʻxtatilib tekshirildi.
Natijada, Andijon shahrida yashovchi, 1979 va 1986 yillarda tugʻilgan aka-uka ketayotgan avtomashina salonidan 1 kg 833 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan birining yashash manzilidan ham 1 kg 469 gr “gashish” moddasi olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu ajal ogʻusi kelgusida sotib, moʻmay daromad topish maqsadida Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelinganligi maʼlum boʻldi.
Taʼkidlash lozimki, aka-ukalarning kattasi – muqaddam aynan narkotik moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs hisoblanadi.
Navbatdagi holatda esa Qirgʻiztonning Oʻsh shahrida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro 3 kg 949 gr “gashish” moddasini Andijon shahrida “shartli” xaridorga 28 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Aniqlanishicha, qirgʻizistonlik fuqaro ushbu ajal ogʻusini muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan qoldirib ketilgan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidagi xufiya joydan olgan.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Oʻzbekiston
24.09.2025, 11:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
10.09.2025, 10:02

Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
05.09.2025, 19:34

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
29.08.2025, 12:25

Giyohvand modda olib kirayotgan guruh qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:02

Tojikistondan qaryib 27 kg narkotik modda olib kirilayotgan vaqtda ushlandi
Oʻzbekiston
19.05.2025, 11:09

Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zoʻrlamoqchi boʻldi
Oʻzbekiston
03.10.2024, 16:31
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
