Tojikistondan qaryib 27 kg narkotik modda olib kirilayotgan vaqtda ushlandi

Tojikistondan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari kontrabanda yoʻli bilan Oʻzbekistonga olib kelgan 6 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda DXX xabar qildi.

Tojikistondan qaryib 27 kg narkotik modda olib kirilayotgan vaqtda ushlandi,

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1986 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi "oʻzbek-tojik" davlat chegarasini qonunga xilof ravishda buzib oʻtgan vaqtida toʻxtatib qolindi. Unga tegishli sumka koʻzdan kechirilganda, 15 dona oʻramdagi jami 14 kg 584 gr "gashish" moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Shundan soʻng, uni buyurtma qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1969 y.t. Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Boshqa holatda esa, Xizmatning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1992 y.t. shaxs qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 9 kg 467 gr "opiy" moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, tojikistonlik narkokurer tomonidan Surxondaryo viloyati hududidagi kontrabanda yoʻli bilan yetkazib berilgan mazkur ajal ogʻusini Denov tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro qabul qilib olib, Toshkent viloyatiga olib kelganligi aniqlandi va u ham protsessual tartibda ushlandi. 

Qoʻqon shahrida qayd etilgan holatda, "Fargʻona-Qoʻqon" yoʻnalishida harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada unda yoʻlovchi sifatida harakatlanayotgan - Qoʻqon shahrida yashovchi, 1967 y.t. fuqaro oʻzining bel qismiga 1 kg 759 gr "gashish" moddasini yashirib olganligi aniqlandi. 

Fargʻona shahrida kuzatilgan holatda esa, "Fargʻona-Toshloq" yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan, 1995 y.t. shaxs boshqaruvidagi "Zaparojes" rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning salon qismida 995 gr "gashish" moddasi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ashyoviy dalil sifatida olingan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Putinni hibsga olmagani uchun Tojikiston xalqaro maydonda tanqid ostiga olinmoqda

Putinni hibsga olmagani uchun Tojikiston xalqaro maydonda tanqid ostiga olinmoqda

Yevroittifoq “Markaziy Osiyo — Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya rahbari Valadimir Putinni hibsga olmagani uchun Tojikistonni tanqid ostiga olmoqda.

Siyosat

10.10.2025, 15:00

Oʻzbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. Davlat rahbari Dushanbe shahrida oʻtadigan "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 19:08

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 11:01

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlik uchun 475 dollargacha jarima joriy etildi

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlik uchun 475 dollargacha jarima joriy etildi

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga murojaat qilganlik va ularning xizmatlaridan foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi. Bunday xizmatlarga murojaat qilgan fuqarolar 3750 somoniy (396 dollar atrofida)dan 4500 somoniy (475 dollar atrofida)gacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligining Dushanbe boʻyicha boshqarmasi xabar qildi.

Jahon

25.08.2025, 17:21

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Qozogʻistonda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Sammitda nimalar gaplashildi? Mirziyoyev oʻz nutqida nimalarni tilga oldi? Xitoy nega mintaqa mamlakatlariga begʻaraz 207 million AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatmoqchi? 

Siyosat

18.06.2025, 17:48

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi

Kecha, 19 mart kuni Qirgʻiziston parlamenti qoʻshni Tojikiston 23 yildan beri davom etib kelayotgan muzokaralarni yakunlab, chegara toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.

Jahon

20.03.2025, 13:51

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45