Toshkent metrosida bir yoʻlovchi sabab vagondagi barcha yoʻlovchilar tushirildi
Bir yoʻlovchining qoidabuzar harakati oqibatida poyezd vagonlari eshiklari ishdan chiqqan.
Oʻzbekiston
17.12.2025, 09:27
Ulashish:

Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar xavfsizligiga tahdid soluvchi holat qayd etildi. Metropoliten matbuot xizmati xabar berishicha, bir yoʻlovchining qoidabuzar harakati oqibatida poyezd vagonlari eshiklari ishdan chiqqan.
Maʼlum qilinishicha, 16 dekabr kuni soat 16:23 da “Mustaqillik maydoni” bekatidan “Paxtakor” bekati tomon yoʻl olishi kerak boʻlgan 16-sonli harakat tarkibi yoʻlovchilarni qabul qilib, eshiklarini yopayotgan vaqtda yoʻlovchilardan biri vagonga kirish maqsadida eshikni kuch bilan ochishga uringan.
Natijada eshikni himoya qiluvchi mexanizm ishdan chiqqan. Mashinist tomonidan nosozlik vaqtincha bartaraf etilganiga qaramasdan, keyingi bekatga yetib bormasdan yana takrorlangan. Shundan soʻng yoʻriqnomaga muvofiq, barcha yoʻlovchilar bekatga tushirilib, harakat tarkibi elektrodepoga olib ketilgan.
“Toshkent metropoliteni” DUK yoʻlovchilarga murojaat qilib, metro obʼektlarida xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilish va davlat mulkiga ziyon yetkazmaslikka chaqirdi.
“Birgina eʼtiborsizlik ham siz va boshqa yoʻlovchilar hayoti uchun xavf tugʻdirishi mumkin”, — deyiladi rasmiy ogohlantirishda.
Shuningdek, metropoliten rahbariyati metroda harakatlanish qoidalarini yana bir bor eslatdi:
- bekatga yaqinlashganda vagondan tushish uchun eshiklarga oldindan yaqinlashing;
- vagondan chiqayotgan yoʻlovchilarga avval yoʻl bering;
- yoʻlovchilar toʻliq tushib boʻlgach, vagonga chiqing;
- vagonga kirgach, eshik oldida toʻxtab qolmang, vagon oʻrtasiga harakatlaning;
- metro vagonlari eshiklariga suyanmang;
- bekat va yoʻlaklarda harakatlanishda “oʻng qoʻl” qoidasiga amal qiling.
Qayd etilishicha, mazkur qoidalarga rioya qilish barcha yoʻlovchilarning xavfsizligi va qulay harakatlanishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston
17.12.2025, 09:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi
Oʻzbekiston
06.12.2025, 15:58

Toshkent metrosida yana 2 ta bekat ishga tushadi
Oʻzbekiston
07.03.2024, 16:54

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar roʻyxati aniq belgilandi
Oʻzbekiston
05.02.2026, 14:00

Toshkentda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda yangi tartib joriy etildi
Oʻzbekiston
27.01.2026, 16:02

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi
Oʻzbekiston
23.01.2026, 08:52
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda
Jahon
07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
