updated: 22.03.2026, 11:55

Toshkent metrosida kassa operatorlari lavozimi bosqichma-bosqich tugatiladi

Birinchi bosqichda 204 ta operator shtati qisqartirildi. Yil yakuniga qadar barcha bekatlarda bankomatlar oʻrnatilishi va operator lavozimlari butunlay tugatilishi rejalashtirilgan.

Ulashish:

Toshkent metrosida kassa operatorlari lavozimi bosqichma-bosqich tugatiladi

Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida yoʻl haqini toʻlashning 10 dan ortiq turi joriy qilingan boʻlib, elektron toʻlov tizimlari kengayib bormoqda. Koʻplab bekatlarda chipta sotuvchi avtomatlashtirilgan bankomatlar ham oʻrnatilmoqda.

Shu bois, kassa operatorlariga boʻlgan talab kamayib, ish oʻrinlari bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Birinchi bosqichda 204 ta operator shtati qisqartirildi. Yil yakuniga qadar barcha bekatlarda bankomatlar oʻrnatilishi va operator lavozimlari butunlay tugatilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, "Toshkent metropoliteni" DUK maʼmuriyati qisqartirilayotgan xodimlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Operatorlarga oʻz istaklariga koʻra kasb-hunar kurslarida qatnashish taklif qilinmoqda.

Kurslarda buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik kabi yoʻnalishlar mavjud boʻlib, oʻquv xarajatlari toʻliq metropoliten tomonidan qoplanadi.

Ushbu tashabbusdan asosiy maqsad lavozimi qisqartirilayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga yangi kasb oʻrganish orqali barqaror daromad manbai yaratishda yordam berishdir.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 09:01

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent metrosida bir yoʻlovchi sabab vagondagi barcha yoʻlovchilar tushirildi

Bir yoʻlovchining qoidabuzar harakati oqibatida poyezd vagonlari eshiklari ishdan chiqqan.

Oʻzbekiston

17.12.2025, 09:27

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi

Toshkent metropolitenida bir qator bekatlarda kassalar faoliyati toʻxtatilmoqda. 2025 yil 9 dekabrdan boshlab jami 16 ta bekatda kassalar yopilib, ularning oʻrnida QR-kodli chiptalar beruvchi zamonaviy infokioskalar ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston

06.12.2025, 15:58

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli quriladi

Shavkat Mirziyoyev 15 oktabr kuni «Oʻzbekiston 24» telekanalining «Menimcha» koʻrsatuvida Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli qurilishi rejalashtirilganini maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 13:39

Toshkentda yerusti metro bekatlarining qayta ochilishi 1 noyabrgacha kechiktirildi

Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yoʻli» yoʻnalishi yaqin kunlarda yoʻlovchilar uchun faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:46

Metro bekatida chaqaloq tugʻildi

Kecha “Gʻafur Gʻulom” metro bekati xodimi Naima Mahamadjonova homilador ayolga birinchi tibbiy yordam koʻrsatdi hamda ayolga chaqaloqni sogʻ-omon tugʻishida yordam berdi.

Oʻzbekiston

07.10.2025, 10:46

"Toshkent metropoliteni" 14 ta yangi toʻrt vagonli harakat tarkibi harid qilindi

Soʻnggi 5 yil davomida bosqichma-bosqich 41 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi, natijada metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilandi. 

Oʻzbekiston

18.07.2025, 19:02

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45