Toshkent viloyatida yoʻl harakati qoidasini buzgan 10 nafar shaxs qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida bir guruh yoshlar mazkur hududdan oʻtuvchi avtomobil yoʻlini egallab, shovqin-suron koʻtargani tasvirlangan video tarqalgan edi. Holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oʻrganilib, huquqbuzarlarning ishi sudga oshirilgan. Sud qarori bilan ularga nisbatan 10 sutkalik qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
28.10.2024, 16:33
Ulashish:

Toshkent viloyatida yoʻl harakati qoidasini buzgan 10 nafar shaxs qamaldi
Qayd etilishicha, yuqoridagi holat Boʻstonliq tumanida kuzatilgan. 10 nafar yosh 6 ta avtomobilda guruh-guruh boʻlib harakatlanib, ushbu yoʻldan ketayotgan boshqa haydovchilarning harakatlanishiga xalaqit bergan. Bundan tashqari, videotasvirda mashina ichida boʻlgan shaxslarning avtomobil oynasidan tanasini chiqarib ketayotganini ham koʻrish mumkin.
Ushbu holat tarmoqlarda tarqalganidan soʻng Boʻstonliq tumani yoʻl-harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan oʻrganilgan. Surishtiruv davomida qoidabuzarlarning 5 ta transport vositasi Toshkent viloyatida, 1 ta transport vositasi esa Qashqadaryo viloyati hududida ekani aniqlanib, mazkur avtomobil haydovchilarining barchasiga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
"Qolgan harakat ishtirokchilariga qoʻshilib men ham "avarenka"ni yoqib, sekin guruh boʻlib harakatlanganman. Qilgan aybimni tan olaman, bunday holatlar boshqa qaytarilmaydi. Ushbu beparvoligim oqibatida boshqa ishtirokchilarga xalaqit bergan boʻlsam, ulardan uzr soʻrayman", deydi qoidabuzarlardan biri.
Shuningdek, yoʻl harakati qoidalariga amal qilmagan boshqa bir oʻsmir esa tugʻilgan kuni boʻlgani sababli, shoʻxlik ortidan ushbu holat yuzaga kelganini bildirgan.
"Tugʻilgan kunim edi. Shu munosabat bilan oʻrtoqlarim va qarindoshlarim bilan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan kunimni nishonladik hamda ozgina shoʻxlik qilib qoʻydik. Katta trassalarda, koʻchalarda notoʻgʻri harakatlarni yuzaga keltirdik. Bir ogʻaynimiz videoga olgandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylabdi. Biz bu video bunday tarqalib ketishini kutmagan edik. Qilgan ishimizdan afsusdamiz. Shaxsan men pushaymonman. Tengqurlarimdan bunday qoida buzarliklarni qilmasliklarini soʻrab qolaman. Qilgan ishimdan rosa pushaymonman", deydi bosha bir qoidabuzar.
Shundan soʻng ushbu fuqarolarning fikrlari bilan Boʻstonliq tumani ichki ishlar boshqarmasi xodimlari mazkur videoni tasvirga olgan yana bir qoidabuzarlarni ham aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho bergan.
"Olib borilgan surishtiruvlar davomida qoidabuzarlarning shaxslariga oydinlik kiritilib, holat yuzasidan bir nechta hujjatlar toʻplangan. Ushbu hujjatlar koʻrib chiqilishi uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tumani sudiga joʻnatilgan. Ammo nomaʼlum sabablarga koʻra, sud majlisida tasvirga olishga ruxsat berilmadi", deyiladi manbada.
Soʻng 10 nafar qoidabuzarning ishi sudda koʻrib chiqilgan. Sud qarorida ularning 9 nafariga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan. Bir nafariga esa farzandi borligi uchun jarima jazosi qoʻllangan. Bundan tashqari, barcha qoidabuzarlarni yigʻib, profilaktik suhbatlar ham olib borilgan. Suhbat davomida ular bunday xatti-harakatlarni boshqa amalga oshirmaslikka chaqirilgan.
Oʻzbekiston
28.10.2024, 16:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Toshkentda Leapmotor bilan toʻqnashgan Lacetti ikkiga boʻlindi
Oʻzbekiston
16.02.2026, 08:44

Toshkentda BYD va Li 9 ishtirokidagi YTH boʻyicha sud qarori bekor qilindi
Oʻzbekiston
14.02.2026, 14:19

Oʻzbekistonda avtomobil bozori oʻsmoqda: elektromobillar savdosi 40 mingdan oshdi
Iqtisodiyot
17.01.2026, 17:07

Telegram va Instagramda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruh egalari ushlandi
Oʻzbekiston
07.01.2026, 14:05
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
