Toshkentda isitish mavsumi yakunlanmoqda

Tez orada Toshkent shahar hokimligi 2024-2025-yilgi isitish mavsumini yakunlash bo‘yicha qaror qabul qilishini ma’lum qildi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" xabar berdi.

Тошкентда иситиш мавсуми якунланмоқда

Тошкентда иситиш мавсуми якунланмоқда

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi "Ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti xizmati ko‘rsatish tartiblari to‘g‘risida"gi 194-son qaroriga ko‘ra, o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun mobaynida 8 darajada saqlanib tursa, isitish mavsumi yakunlanadi.

"O‘zgidromet" ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 8-martdan 14-martgacha bo‘lgan davrda Toshkentda o‘rtacha sutkalik harorat  11,6 (minimal — 9 daraja (8 martda), maksimal — 13,1 daraja (14-martda)) bo‘ladi.

"Shunga asoslanib, Toshkent shahri hokimligi tez orada 2024–2025-yillar uchun isitish mavsumini yopish haqida qaror qabul qiladi. Isitish mavsumi yakunlangach, keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining muhim bosqichi boshlanadi", deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, isitish mavsumi yakunlanganidan keyin ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruvchi kompaniyalar va UJMShlar mavjud binolarda muhandislik kommunikatsiyalarni keyingi isitish mavsumiga hozirlashni boshlaydi.

Oʻzbekiston

17.03.2025, 10:36

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi

Kompaniyaning kurerlarga yoʻllagan murojaatida 2026 yil 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashi aytilgan.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 16:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56

Oʻzbekiston fuqarosi AQSh sanksiyalariga tushdi

AQSh PAIPA qonuni doirasida sanksiyalar roʻyxatini yangiladi. Oʻzbekiston fuqarosi Azizjon Mamashov va BAAdagi Advanced SecuritySolution kiberhujum va tijorat sirlari oʻgʻirlashda ayblanmoqda.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 10:52

Telegram cheklanmoqda, Pavel Durov terrorizmda ayblanmoqda

Durov xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli Telegram Rossiyada bloklanishi mumkin. 

Jahon

25.02.2026, 09:48

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik fuqaro Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan edi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi

Namoyishchilar Eron bayrogʻini koʻtarib, Oyatulloh Xominaiyni nazarda tutgan holda “Diktatorga oʻlim!” shiori bilan chiqishgan.

Jahon

23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi

Meksika Qurolli kuchlari mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan birining yetakchisi, “El Mencho” nomi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantesni maxsus operatsiya davomida yoʻq qildi. 

Jahon

23.02.2026, 12:28