Toshkentda mast holatda operatsiya qilgan soxta jarrohlarga hukm oʻqildi
Toshkentda tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan er-xotin mast holatda plastik operatsiyalar oʻtkazib, bir necha ayolning sogʻligʻiga ogʻir va qaytarib boʻlmas zarar yetkazgan. Sudda maʼlum boʻlishicha, noqonuniy “klinika” yertoʻlada tashkil etilgan, amaliyotlar esa eng arzon materiallar bilan amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston
03.02.2026, 15:36
Ulashish:

Toshkent shahri Chilonzor tuman sudida noqonuniy ravishda plastik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazib, fuqarolar sogʻligʻiga ogʻir zarar yetkazgan er-xotinga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchilar tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan holda (erkak faqat maktabni tugatgan) koʻp qavatli uyning yertoʻlasida tashkil etilgan noqonuniy klinikada murakkab kosmetologik va jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirib kelgan. Natijada bir necha ayollar ogʻir tan jarohati olgan, yuz sohasida deformatsiya kuzatilgan, ayrim holatlarda jabrlanuvchilar koma holatiga tushgan.
Jabrlanuvchilardan birining koʻrsatmasiga koʻra, operatsiya mast holatda boʻlgan erkak tomonidan oʻtkazilgan. Amaliyotdan soʻng ayol besh kun davomida komada boʻlgan, uning yuz nervlari shikastlanib, yuzining bir qismi falaj boʻlib qolgan.
Yana bir jabrlanuvchi sud majlisiga nogironlik aravasida kelgan. Uning aytishicha, soxta kosmetologlar xatosini tan olib, toʻlangan mablagʻning bir qismini (600 dollar) qaytargan, ammo yetkazilgan zarar qaytarib boʻlmas darajada boʻlgan.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, amaliyotlar vaqtida eng arzon va sifatsiz tibbiy materiallar qoʻllangan.
Tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi ayol bir necha bor ism-familiyasini oʻzgartirgan, soxta diplomlardan foydalangan hamda boshqalarga pul evaziga “taʼlim berib”, sertifikatlar tarqatgan. Vaqtinalik faoliyati toʻxtatilganiga qaramay, u yashirin ravishda 200–400 dollar evaziga mijoz qabul qilishni davom ettirgan.
Plastik jarroh Said Ahmedshinning taʼkidlashicha, kosmetolog faqat teri yuzasidagi muolajalarni bajarishi mumkin, ichki toʻqimalar, qon tomirlari va nervlar bilan ishlash esa faqat litsenziyaga ega professional jarrohlar vakolatiga kiradi.
Sud hukmiga koʻra, erkak Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar koʻrsatish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va sud zalidan hibsga olindi.
Ayol kishiga nisbatan, qaromogʻida ikki oylik chaqalogʻi borligi inobatga olinib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Oʻzbekiston
03.02.2026, 15:36
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi
Jahon
06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?
Jahon
06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 11:20

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.
Sport
06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat
Oʻzbekiston
06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi
Oʻzbekiston
06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun
Sport
05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
Oʻzbekiston
05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?
Jahon
05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47
Mashhur yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

