Toshkentda soxta DXX va PA xodimi 3,5 yilga qamaldi
Toshkentda 33 yoshli erkak DXX guvohnomasini soxtalashtirib, oʻzini prezident administratsiyasi vakili sifatida koʻrsatib yurgani aniqlandi. Sud hukmi bilan u 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ayblanuvchi jinoyatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan IIOga xabar berishlari soʻraldi.
Oʻzbekiston
07.10.2025, 15:43
Ulashish:

Toshkent shahrida oʻzini Prezident administratsiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib yurgan shaxsga hukm oʻqildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasiga tayanib Gazeta.uz nashri.
Qayd etilishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasidagi tezkor tadbirda YPX xodimlari tomonidan fuqaro Javohir Orifjonov boshqaruvidagi Lacetti toʻxtatilgan. Hujjatlarni tekshirish jarayonida haydovchi oʻzini DXX xodimi ekanini aytib, yoʻl-patrul xizmati inspektorlariga DXXga tegishli boʻlgan guvohnoma koʻrsatgan.
Shuningdek, Orifjonov uni qoʻyib yuborishlarini iltimos qilib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi rahbar tanishiga qoʻngʻiroq qilgan. Ushbu shaxs YHX boshqarmasi xodimiga uni qoʻyib yuborish boʻyicha koʻrsatma bergan.
Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻzini shubhali tuta boshlagan shaxsning maʼlumotlarini tekshirib koʻrgan. Natijada fuqaro koʻrsatgan xizmat guvohnomasi qalbaki ekani, DXXga umuman aloqasi yoʻqligi maʼlum boʻlgan. Gumonlanuvchi shu joyning oʻzida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida Javohir Orifjonovning qator boshqa ishlari ham oshkor boʻlgan. U, odatda, oʻzini prezident administratsiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi sifatida tanishtirgan hamda soxta mansabdor shaxs sifatida shaxsiy masalalarini hal qilib kelgan. Bunda u oldindan tayyorlab olgan soxta guvohnomalardan foydalangan.
«Men oʻzimni prezident administratsiyasida ishlovchi Alisher aka Sulaymonov deb tanishtirganman. Undan keyin oʻzim yana qaytib chiqib, oʻsha kishining jiyani boʻlaman, iltimos, ozgina yordamingiz kerak, deb oʻzimning ishlarim tezroq hal boʻlishi uchun yordam soʻraganman. Judayam notoʻgʻri bu, kechiringlar meni», — dedi 33 yoshli erkak.
Sud hukmi bilan Javohir Orifjonov Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga uzil-kesil 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda oʻtash belgilangan.
Toshkent shahri IIBB Javohir Orifjonovning jinoyatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan yaqin oradagi ishchi ishlar organlariga yoki 102 raqamiga xabar berishlarini soʻradi.
Oʻzbekiston
07.10.2025, 15:43
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi
Siyosat
01.11.2025, 11:31

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
Oʻzbekiston
09.10.2025, 13:21

DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Oʻzbekiston
06.09.2025, 21:30

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
29.08.2025, 12:25

Qirgʻizistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 14:19

Toshkent shahrida sifatsiz dori vositalari toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
31.07.2025, 20:50
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
