Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Ulashish:

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov voqea joyiga borib, ishchi guruh va mutasaddi xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda hududni koʻzdan kechirdi. U yuzaga kelgan vaziyatni oʻrganib, masʼullarga hodisa oqibatlarini tezkor bartaraf etish hamda hududdagi ishlar ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Toshkent shahar hokimligi maʼlumotiga koʻra, yoʻl oʻtkazgichning oʻpirilib tushishiga kuchli yomgʻir sabab boʻlgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Shu bilan birga, qurilish-montaj ishlari sifati boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlansa, masʼullarga nisbatan chora koʻrilishi aytilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu yoʻl oʻtkazgich qurilishiga 128,6 milliard soʻm sarflangan. U 2024 yil avgust oyida foydalanishga topshirilgan edi. Loyiha taqdimotida bu texnologiya mamlakatda ilk bor qoʻllanilgani, qurilish muddati boshqa koʻpriklarga nisbatan ikki barobar kam vaqt talab qilishi hamda xizmat qilish muddati 100 yildan ortiq boʻlishi taʼkidlangan.

Ayni paytda yoʻlning ikkinchi qismida ham jiddiy yoriqlar paydo boʻlgani aytilmoqda. Mutaxassislar dastlabki baholashda qurilish jarayonida ayrim kamchiliklar boʻlishi mumkinligini istisno etmayapti. Biroq hozircha obʼektni qaysi pudratchi kompaniya qurgani rasman ochiqlanmagan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kosmonavtlar" metro bekati yaqinida osmonda uchib oʻtayotgan nomaʼlum yorqin jismning videosi tarqaldi. 

Fan-texnologiya

20.02.2026, 12:06

Toshkentda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda yangi tartib joriy etildi

Endilikda Toshkent shahri koʻchalarida ichki ishlar organlari xodimiga qilingan murojaat 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilish bilan teng hisoblanadi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 16:02

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi

Hodisa joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Shahrisabz va Mustaqillik shoh koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

23.01.2026, 08:52

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi

Bu, ayniqsa, Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlarida joylashgan asbest va sement sanoati, charm-poyabzal, parrandachilik, qora va rangli metallurgiya kabi energiya talabchan tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarga taalluqlidir.

Oʻzbekiston

19.01.2026, 13:20

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi

Numbeo portali 2025 yil yakunlariga koʻra dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingi natijalarini eʼlon qildi. Abu-Dabi jahon boʻyicha  eng xavfsiz shaharlar roʻyxatida peshqadam.

Jahon

17.01.2026, 12:23

Toshkent metrosida bir yoʻlovchi sabab vagondagi barcha yoʻlovchilar tushirildi

Bir yoʻlovchining qoidabuzar harakati oqibatida poyezd vagonlari eshiklari ishdan chiqqan.

Oʻzbekiston

17.12.2025, 09:27

So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 15:15

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48