Tramp "uchuvchi saroy"ni qabul qildi
Kecha, 21 may kuni AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset rasmiy ravishda Qatar tomonidan AQSh prezidenti Donalʼd Trampga sovgʻa qilingan qiymati 400 million dollar boʻlgan Boeing 747 samolyotini qabul qildi.
Jahon
22.05.2025, 15:04
Ulashish:

Foto: DW
Vazirlik matbuot kotibi Shon Parnellning soʻzlariga koʻra, samolyot "tegishli xavfsizlik choralarini taʼminlash va funksional talablarga javob berishi" uchun qayta jihozlanadi va shundan soʻng "Air Force One" prezident borti sifatida foydalaniladi.
CNN'ga maʼlumot bergan amaldagi va sobiq amaldorlar bu modernizatsiya jarayoni ikki yilgacha davom etishi va samolyot asl narxidan bir necha baravar qimmatga tushishini taʼkidlagan.
Shu bilan birga, telekanal manbalaridan biri samolyot topshirish kelishuvi hali yakunlanmaganini va yuridik jamoalar oʻrtasidagi muzokaralar davom etayotganini aytgan.
Tramp maʼmuriyati Qatar qirollik oilasidan hashamatli "Boeing 747-8" samolyotini sovgʻa sifatida qabul qilishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida ilk bor 12 may kuni OAVda xabarlar chiqqan edi.
Rejalarga koʻra, AQSh prezidentining hozirgi vakolat muddati tugagach, ushbu "uchuvchi saroy" mulki Trampning prezident kutubxonasi jamgʻarmasiga oʻtadi.
2025 yil yanvar oyida Tramp Oq uyga qaytgach, AQSh harbiy-havo kuchlari Boeing bilan bogʻlangan, biroq kompaniya yangi prezident samolyotini eski bort oʻrniga ikki yilgacha yetkazib bera olmasligini bildirgan. Tramp maʼmuriyati kutishni xohlamay, Boeingʻning butun dunyo boʻylab mijozlari roʻyxatini olgan. Bu roʻyxatda Qatar ham boʻlgan va shu bilan muzokaralar boshlangan.
"Dastlab samolyotni sotib olish rejalashtirilgan edi", - deb yozadi CNN. Biroq Qatar qirollik oilasi uni sovgʻa qilishga tayyorligini bildirgan.
CNN Telekanal taʼkidlashicha, AQSh Demokratik partiyasi vakillari bilan bir qatorda, odatda Trampga sodiqlik koʻrsatadigan bir nechta nufuzli respublikachilar ham Trampning Qatar sovgʻasini qabul qilayotganidan norozi boʻlmoqda va bu harakatni noetik deb hisoblamoqda.
AQSh Konstitutsiyasi hukumat aʼzolariga xorijiy davlatlardan Kongress roziligisiz sovgʻa qabul qilishni taʼqiqlaydi. Avvalroq Kongress prezidentlar va boshqa davlat xizmatchilariga qiymati 480 dollardan oshmaydigan sovgʻalarni oʻzida qoldirishga ruxsat bergan, undan qimmat sovgʻalar esa avtomatik ravishda davlat mulkiga aylantiriladi.
Demokrat senator Chak Shumer ham samolyotlarni prezident ehtiyojlari uchun qayta jihozlashda Pentagon mablagʻlaridan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Shumerga koʻra, bunday samolyotlarni qanday boʻlmasin modifikatsiya qilish ularning toʻliq xavfsizligini kafolatlay olmaydi.
Jahon
22.05.2025, 15:04
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh :" Hayʼat tahrir ash-Shom" guruhini terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi
Jahon
08.07.2025, 13:06

AQSh bayrogʻini yoqqanlar jazoga tortilishi mumkin
Jahon
11.06.2025, 16:20

Gubernator Nyusom Tramp, Pentagon va Mudofaa Vaziri Hegsetni sudga berdi: AQSh demokratiya sinovida
Jahon
11.06.2025, 14:22

Ilon Mask Trampning asosiy qonun loyihasini "jirkanch razolat" deb atadi
Jahon
04.06.2025, 12:40

Tramp Putin va Zelenskiyni qattiq tanqid qildi. U Putinni mutlaqo aqldan ozgan deb atadi
Jahon
26.05.2025, 14:00

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda
Jahon
07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
