updated: 22.03.2026, 18:33

"UzAuto Motors"ga nisbatan qarshi ish qoʻzgʻatildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan "UzAuto Motors" hamda uning rasmiy dileriga nisbatan qarshi ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda qoʻmitaning axborot xizmati xabar berdi. 

Ulashish:

"UzAuto Motors"ga nisbatan qarshi ish qoʻzgʻatildi

"UzAuto Motors"ga nisbatan qarshi ish qoʻzgʻatildi

Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi fuqaro A.D.dan oʻziga tegishli 2023 yilda "UzAuto Motors" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan "Lacetti L-Stayle MT" rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham boʻlmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat oʻz vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan. 

Ushbu murojaat qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilganda holat oʻz tasdigʻini topgan. Shuningdek, aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobilda yongʻin chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilganligi aniqlangan.

 "Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari boʻyicha "UzAuto Motors" AJ va "PSM-AutoSavdo" MChJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi", deyiladi xabarda. 

Shuningdek, qoʻmita tomonidan ushbu holat (avtomobilda yongʻin chiqishi) inson hayoti va uning sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi holatlarini inobatga olgan holda, yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali avtomobillarni 10 kunlik muddatda chaqirtirib olinib, texnik koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan. 

Bundan tashqari, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berilgan hamda isteʼmolchi talab qoʻygan vaqtdan boshlab oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlashi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. 

Xabarda maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi ham eslatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston

13.09.2024, 15:12

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45