Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Ulashish:
5–15-oktyabr kunlari Varşavada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YeXHT) Insoniylik mezonlari bo‘yiça yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Paradigma bu haqda avvalroq xabar bergan edi.


Varşava konferensiyasi Yevropadagi inson huquqlariga bag‘işlangan yirik xalqaro anjumanlardan biri hisoblanadi. Bu yilgi tadbir YeXHTga raislik qilayotgan Şveytsariya tomonidan Taşkilotning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (ODIHR) ko‘magida taşkil etildi. Unda YeXHTga a’zo 57 davlatdan hukumat vakillari, xalqaro taşkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari — jami 1 800 nafardan ortiq kishi inson huquqlari, söz erkinligi, qonun ustuvorligi va demokratik institutlar masalalarini muhokama qildi.
Anjumanda qatnashgan "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov Paradigma muxbiriga bergan intervyusida Özbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholadi. Shu bilan birga, u söz erkinligi, sud va tergov tizimidagi muammolar hamda blogerlarga oid jinoiy ishlardan xavotir bildirdi.
"Bu yerda aytilgan gaplar amaliy qadamlarga tezroq o‘tadi."
Taşanovning aytishicha, Varşavadagi kabi xalqaro maydonlar fuqarolik jamiyati vakillariga muammolarni xalqaro taşkilotlar va rasmiylar e’tiboriga yetkazish imkonini beradi.
"Bu yerda xalqaro taşkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa rasmiy mulozimlar bilan uçraşuvlar bo‘ladi. Alohida anjumanlar qilgan paytlarimiz ham bo‘lgan. Biz söz erkinligi, qiynoqlar, diniy erkinliklar singari fundamental inson huquqlari muammolari haqida bu yerda chiqişlar qilamiz", — dedi u.
Huquq himoyaisining fikriça, bunday anjumanlarda ko‘tarilgan masalalar Özbekistonning xalqaro maydondagi mavqei bilan ham bog‘liq.
"Özbekistonning siyosiy imiji nuqtai nazaridan, ayniqsa, keyingi paytlarda taşqi sohada, jumladan, taşqi siyosat va mamlakat imiji rivojlanib borayotgan mavqei nuqtai nazaridan bu yerda aytilgan gaplarning amaliy qadamlarga o‘tishi birmuncha tezroq, deb aytish mumkin. Şuning uchun biz har yili şu anjumanlarda iştirok etishga harakat qilamiz", — dedi Taşanov.
«Notekis rivojlanish bor»
Taşanov Özbekistonning xalqaro maydondagi mavqei mustahkamlanib borayotganini qayd etarkan, mamlakat içida inson huquqlari bilan bog‘liq muammolar ham saqlanib qolayotganini ta’kidladi.
"Şunga qaramasdan, söz erkinligi, sud-huquq masalalari bilan bog‘liq fundamental muammolar bor. Bu narsalar bir yilda yoki o‘n yilda hal bo‘ladigan masalalar emas. Çunki rivojlangan mamlakatlarda ham, masalan, bunday muammolar bor. Lekin Özbekistonda keyingi bir neça oy davomida juda kritik nuqtaga yetib kelgan holatlar bo‘ldi", — dedi u.
Huquq himoyaçisi bunday holatlarga misol tariqasida blogerlarga oid jinoiy işler va sud tizimidagi adolat bilan bog‘liq savollarni keltirdi. Uning aytishicha, bu mavzular Varşavadagi muhokamalarda ham ko‘tarilgan.
2026-yilda jurnalist va blogerlarga nisbatan bir neçta şov-şuvli jinoiy işler ko‘rib chiqildi. Jumladan, sentyabr oyida Harbiy sud Taftish.uz xodimlari va Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlariga 4 yil-u 1 oydan 10 yil-u 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinladi.
"Özbekistonda, albatta, keyingi paytlarda juda yaxshi islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, odamni o‘yga toldirib qo‘yadigan fundamental inson huquqlari buzilishlari ham, albatta, bor. Ya’ni, notekis rivojlanish bor", — dedi Taşanov.
Uning fikriça, Özbekiston xalqaro maydonda oçiqlik siyosatini davom ettirar ekan, mamlakat içidagi idoralar faoliyati ham şu yo‘nalishga mos bo‘lishi kerak. Aks holda, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, sud va tergov tizimidagi muammolar mamlakat haqida salbiy xabarlar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sirojiddin Odilov işi: tomonlar nima deydi?
Taşanov xalqaro taşkilotlar Özbekistondagi voqealarni kuzatib borishini aytib, bloger Sirojiddin Odilov işi bo‘yiça Human Rights Watch (HRW) bayonotiga e’tibor qaratdi.
"Human Rights Watch Özbekistondagi söz erkinligidan xavotirlanib, Sirojiddin Odilov bo‘yiça bayonot beribdi. Biz mana şundan xavotirda edik. Xalqaro taşkilotlar mamlakat içida bo‘layotgan narsalar haqida xabar topishadi, gapirishadi. Biz ular bilan hamkorlik qilamiz. Menimça, bu mamlakatning siyosiy imijiga ham ança-munça ta’sir qilishi mumkin", — dedi u.
5-oktyabr kuni Jizzax viloyati Mirzaçöl tumani jinoyat ishlari bo‘yiça sudi YouTube’da 915 mingdan ortiq obunachiga ega "Sirojiddin Media" kanali muallifi Sirojiddin Odilovni to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qildi. Human Rights Watch uşbu hukm yuzasidan 8-oktyabr kuni bayonot berdi. Paradigma bu haqda xabar qilgan edi.
Sud pozitsiyasi
Jizzax viloyati sudlari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Odilov bir fuqaroga nisbatan tovlamachilik — Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi, yana ikki fuqaroga nisbatan esa takroran firibgarlik — 168-moddaning 3-qismi "b" va "v" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sud ma’lumotida aytilishiça, Odilov uç fuqarodan jami 75 million so‘m olgan: biridan 12 million, boshqasidan 30 million va uçinçisidan 33 million so‘m. Yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.
Sud matbuot xizmati Odilovga ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati uchun ayblov qo‘yilmaganini alohida ta’kidlagan. Şuningdek, hukmga yuqori instansiya sudi baho berishi mumkinligini qayd etgan.

Bundan avval, mart oyida Odilov hibsga olinganida Samarqand viloyati İçki işler boshqarmasi jinoyat işi Pastdarg‘om tumanida yaşovçi 65 yoşli fuqaroning arizasi asosida qo‘zg‘atilganini bildirgan edi. O‘şanda iş Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi — firibgarlik va 211-moddasi — pora berish bilan bog‘liq ravishda tergov qilinayotgani ma’lum qilingan.
Demak, dastlabki tergov bosqiçida e’lon qilingan moddalar bilan sud hukmi haqidagi xabarda keltirilgan moddalar bir-biridan farq qiladi.
IIV pozitsiyasi
İçki işler vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov 9-oktyabr kuni Toşkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sirojiddin Odilovning sudlanishi haqidagi savolga javob berdi.
Uning aytishicha, blogerning qamalishiga Gulira’no Qosimova işi sabab bo‘lmagan va Odilovning işi mazkur holat doirasida ko‘rilmagan.

"Bunga IIVning aloqasi yo‘q", — dedi Ramazon Ashropov.
Human Rights Watch pozitsiyasi
Human Rights Watch 8-oktyabrdagi bayonotida Odilovning tovlamachilik va firibgarlik bo‘yiça ayblovlar bilan sudlanishi adolatli sudlov standartlari hamda hukumatning söz erkinligiga sodiqligi yuzasidan jiddiy savollar tug‘dirishini bildirdi.
Taşkilotning Markaziy Osiyo bo‘yiça katta maslahatchisi Mihra Rittmann Odilovning 2026-yil mart oyida, huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi ehtimoliy suiiste’mol holatlari haqida xabar berganidan bir neça oy o‘tib hibsga olinganiga e’tibor qaratdi. HRW bu ketma-ketlik blogerning tanqidiy materiallari ortidan nishonga olingan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni keltirib chiqarishini qayd etdi.
Taşkilot Odilovning apellyatsiya işi xolis ko‘rib chiqilishini, bunda ham protsessual jihatlar, ham dalillar bazasiga baho berilishini talab qildi.
HRW bayonotida keltirilgan protsessual qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar "Ezgulik" jamiyati va sud jarayonini kuzatgan Abdurahmon Taşanovga tayanadi. Ular qatorida Odilovga o‘z advokatini tanlashga ruxsat berilmagani, uy va avtomashinasida sud ruxsatisiz tintuv o‘tkazilgani, şikoyatçilar o‘z da’volarini tasdiqlovçi dalillar taqdim etmagani hamda da’vo qilingan voqealardan uç yildan ortiq vaqt o‘tib murojaat qilingani qayd etilgan.
Bu holatlar HRW va Taşanov bildirgan e’tirozlardir. Ularning har biri bo‘yiça sud hujjatlari va boshqa tomonlarning izohlarini alohida tekshirish muhim.
"Söz erkinligini hamma ham yoqtiravermaydi"
Taşanov söz erkinligi inson huquqlarining asosiy tamoyillaridan biri ekanini, u xalqaro normalar va milliy qonunçilikda ham mustahkamlanganini ta’kidladi. Uning fikriça, söz erkinligini suiiste’mol qilish bilan unga to‘sqinlik qilish o‘rtasidagi farqni aniq ajratish kerak.
"Lekin söz erkinligi bor ekan deb, uni suiiste’mol qilish holatlari, agar jinoiy xatti-harakatlarga olib keladigan bo‘lsa, albatta, ularga çora ko‘rilishi kerak. Lekin şu bahonada söz erkinligini toptashga harakat qilish yoki söz erkinligi bilan ishlaydigan soha xodimlarini nohaq javobgarlikka tortish, albatta, söz erkinligini poymol qilishga olib keladi", — dedi u.
Huquq himoyacьisi so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini tan olgan holda, söz erkinligi barcha idora va guruhlar tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanmayotganini aytdi.
"Şunga qaramasdan, bu söz erkinligi masalasi mamlakatdagi hamma guruhlarga ham yoqavermaydi. Masalan, içki işler bo‘ladimi, prokuratura bo‘ladimi, umuman, huquqni muhofaza qilish idoralariga bu söz erkinligi yoqavermaydi", — dedi Taşanov.
U Prezident Şavkat Mirziyoyevning söz erkinligi haqida avval bildirgan fikrlarini ham eslatdi.
"Menga söz erkinligini yopib qo‘ying, deb maslahat berishadi maslahatchilarim. Lekin men yopmayman, degan gaplarni biz Prezidentdan eshitganmiz. Şuning uchun Özbekiston hukumati bir ovozdan söz erkinligini qo‘llab-quvvatlamaydi. Çunki u yerda ham o‘ziga yarasha guruhlar bor. Söz erkinligi yoqmaydigan, jurnalistlarni yoqtirmaydigan, blogerlarni yoqtirmaydigan guruhlar bor. Ana şu guruhlar, menimça, bugun o‘ylab ko‘rishi kerak. Çunki o‘şa zamon o‘tdi", — dedi u.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Şavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining Qarşi tumanidagi 71-maktabga tashrifi çog‘ida ommaviy axborot vositalari faoliyati haqida şunday degan:
"Menga “Yoping”, deyishadi. Men yopmayman. Toki avvalgidek prokuror va MXX tekshiruvçi bo‘lsinmi?"
Davlat rahbari ommaviy axborot vositalari bilan "do‘st bo‘lish" kerakligini aytib, ular gapirishi, tanqid qilishi, biroq buni adolatli va to‘g‘ri amalga oshirishi lozimligini ta’kidlagan.
Paradigma muxbiri konferensiyada qatnashgan Özbekistondagi nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yiça vakili — ombudsmandan ham izoh olishga harakat qildi. Biroq ular qisqacha fikr bildirishdan ham bosh tortdi.
Xalqaro maydondagi bayonotlar mamlakat içida ham eşitiladimi?
Özbekiston taşqi maydonda o‘z mavqeini mustahkamlashga intilayotgan bir paytda Varşava kabi xalqaro anjumanlarda mamlakat içidagi inson huquqlari muammolari ham muhokama qilinmoqda.
Bunday chiqişlar mamlakatning xalqaro obro‘siga ta’sir qilishi mumkin. Shu bilan birga, xalqaro taşkilotlarning bayonotlari, huquq himoyacьilarining e’tirozlari va rasmiy idoralarning javoblari bir-biridan farqlanadigan pozitsiyalar sifatida ko‘rilishi kerak.
Taşanovning fikriça, muhim masala — xalqaro maydonlarda ko‘tarilgan muammolar faqat konferensiya zalida qolib ketmasligi. Ular mamlakat içida ham muhokama qilinishi va amaliy yeçim topishi lozim.
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Jahon
07.10.2026, 17:42

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
