updated: 22.03.2026, 07:46

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli fuqaro tomonidan oʻzining yashash xonadonidagi ekinlar orasiga va qurilishi yakunlanmagan imorati ichida giyohvandlik moddalarini ekib kelayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Navoiyda ellik yoshli "mirishkor" giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi

Qayd etilishicha, uning xonadoni tuman IIB Jinoyat qidiruv hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida koʻzdan kechirilgan.

"Oʻrganishlar davomida fuqaro oʻziga tegishli tomorqa yerida 1145 tup giyohvandlik oʻsimligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi va xolislar ishtirokida tegishli tartibda daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi", deyiladi xabarda.

Qonunbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, Davlat xavfsizligi xizmati Rossiya, Tojikiston va Qirgʻiziston Respublikalaridan olib kelingan narkotik moddalarning aylanmasiga chek qoʻygani haqida xabar bergan edik.

Oʻzbekiston

18.09.2024, 14:28

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Navoiyda 10 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan chetlatildi

2025 yilning 10 oyi mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 93 ta turli salbiy holat aniqlangan. Mazkur holatlar natijasida 10 nafar xodim tizimdan chetlatilgan. Bunga xodimlarning nopokligi, bilimsizligi va fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlgani sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston

17.12.2025, 12:19

Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 10 ming AQSh dollari, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi 40 mln soʻm olgan vaqtida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.10.2025, 10:07

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 11:01

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 10:02

Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

Qoʻrgʻontepalik ogʻufurushlardan biri giyohvand moddani oʻzining avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 19:34

Navoiyda fuqaro nega kaltaklandi? IIB bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Navoiy shahrida olimpiada chempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazganligi tasvirlangan videoxabar yuzasidan Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

02.09.2025, 16:30

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45