O‘zbekistonda ayrim talabalarning yotoqxona yoki bir yillik ijara xarajatlari vаucher orqali qoplanadi

Tegishli normalar Prezidentning 11-sentabrda imzolangan PF-193-son farmonida belgilangan.

Ulashish:

O‘zbekistonda ayrim talabalarning yotoqxona yoki bir yillik ijara xarajatlari vаucher orqali qoplanadi

O‘zbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga bir qator ta’lim va ijtimoiy xizmatlar uchun vаucher ajratiladi. U orqali bog‘cha puli, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘l kira, shuningdek, oliygohda tahsil olayotgan farzandlarning yotoqxona va ijara uy xarajatlari qoplanadi.

Bu tartib 2027-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi. Tegishli normalar Prezidentning 11-sentabrda imzolangan PF-193-son farmonida belgilangan.
Vаucherlar mahalla yettiligi tomonidan tasdiqlanadigan individual reja asosida yoki bolaning qonuniy vakili murojaatiga ko‘ra shakllantiriladi.

Bog‘cha puli va qo‘shimcha ta’lim xarajatlari

Vаucher asosida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun belgilangan to‘lovlarni qoplash imkoniyati yaratiladi. Vаucherning amal qilish muddati 12 oy etib belgilangan.

Bunda oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan taqdirda ham vаucherning amal qilish muddati tugaguniga qadar undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.

Vаucher orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiga u joylashgan hududda bola ta’minoti uchun belgilangan to‘lov miqdorida mablag‘ ajratiladi. Ushbu xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatgan tashkilotga qoplab beriladi.

Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini qo‘shimcha ta’limga jalb qilish va ularning borib-kelish yo‘l kira xarajatlarini qoplash mexanizmi ham joriy etiladi. Bu yo‘nalish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul etib belgilangan.

Talabalar uchun

Yangi tartib Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlariga ham taalluqli.

Ularga davlat OTMlaridagi talabalar turar joylaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan talabalar turar joylarida yashash hamda xususiy uy-joylarni ijaraga olib yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Bu holatda ham vаucher 12 oy davomida amal qiladi. Oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan taqdirda, voucher amal qiladigan muddat davomida undan foydalanish huquqi saqlanadi.

Talabalar turar joylarida yashash xarajatlari talaba nomiga ochilgan ijtimoiy kartaga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Ushbu yo‘nalish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda

19–21 oktabr kunlari Özbekiston böylab ötkazilgan reydlarda 120 dan ortiq qonunbuziliş holati aniqlandi. Ularning 39 tasida gaz ta’minoti sohasi hodimlarining aloqadorligi ma’lum böldi. 

Oʻzbekiston

23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →