updated: 22.03.2026, 18:15

Aeroport xorijliklardan pul olib kelgan IIV katta inspektori qoʻlga tushdi

Oʻzbekistonning uchta hududida ishlovchi ichki ishlar xodimlari pora olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Aeroport xorijliklardan pul olib kelgan IIV katta inspektori qoʻlga tushdi

ichki ishlar xodimlari,

Qayd etilishicha Buxoro viloyatida ishlovchi IIB xodimi oʻzining mansabdor tanishlari orqali Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishida gumonlanuvchiga nisbatan boʻlgan qismini harakatdan tugatishda yordam berishi evaziga 13 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.

 

Boshqa bir holatda esa, Toshkent viloyati IIB qoʻriqlash boshqarmasi Angren shahar boʻlimi safdor xodimi boʻlinma komandiri oʻrinbosari bilan oʻzaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda mansabdor tanishlari orqali  Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaroni qoʻriqlash boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1500 AQSh dollari talab qilib,  1000 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.

 

Boshqa bir holatda esa, IIV Migratsiya va personallashtirish Departamenti “Toshkent” xalqaro aeroportida pasport-viza boʻlimi katta inspektori mansab vakolatidan foydalangan holda voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasportiga uni xorijga olib chiqib ketayotgan fuqaroga hamrohlik qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

 

Maʼlum boʻlishicha, katta inspektor 2025 yil boshidan shu davrga qadar Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan 42 nafar chet el fuqarolarining har birida 300-700 AQSh dollari miqdori pullarni olib, ularga chiqish vizasini hamda 8 nafar Oʻzbekiston fuqarolariga hamrohlik qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 200-400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida olganlik holatlari ham aniqlandi.

 

“Hozirda ushbu qonun himoyachilariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”,  — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda xususiy universitet xodimi qoʻlga olindi

Toshkent va Nukusda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. 

Oʻzbekiston

17.10.2025, 16:21

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Gʻijduvon tuman sudining arxiv mudiri jinoyat ishida sudlanuvchiga yordam berishni vaʼda qilib, suddagi tanishlari orqali engillik yaratish hamda hukmni oʻzgartirmaslik evaziga 700 dollar pora talab qilgan. U muqaddam 100 dollar oladi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 11:34

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassisi yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan fuqaroga nisbatan chora koʻrmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 14:19

Andijonda hokim oʻrinbosari 15 000 AQSh dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi

Andijonda hokim oʻrinbosari 15 000 AQSh dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi

Andijon viloyati Marhamat tumani hokim oʻrinbosari mavqeidan foydalanib, tumani hududidan 8 ta savdo doʻkoni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqorida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 14 800 dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

11.10.2025, 12:00

Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 10 ming AQSh dollari, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi 40 mln soʻm olgan vaqtida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.10.2025, 10:07

Toshkentda tezkor xodimga 10 ming dollar pora bermoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Toshkentda jinoyat-qidiruv boʻlimi xodimiga pora bermoqchi boʻlgan, oʻz uyida giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

04.10.2025, 16:21

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45