Forish tumanidagi bogʻchalarda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi
Jizzax viloyati Forish tumanidagi toʻrtta davlat bogʻchasida 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Maʼlum boʻlishicha, ular bir kun oldin biokefir, pishloq, saryogʻ kabi mahsulotlarni isteʼmol qilgan. Viloyat SES xizmatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash normalari buzilgan. Hozirda holat boʻyicha jinoiy ish ochilib, surishtiruv olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
10.10.2025, 11:05
Ulashish:

Qayd etilishicha, 9 oktabr kuni 9:00 dan 16:00 ga qadar 1,3,5 va 7-sonli maktabgacha taʼlim mufassallarining jami 37 nafar nafar tarbiyalanuvchisi isitma koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qorin ogʻrigʻi, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Ular 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan.
Jizzax viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining dastlabki xulosasiga koʻra, ushbu bogʻchalarda ommaviy zaharlanish yuzaga kelishida oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, ishlov berish jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilishi holatlari mavjudligi sabab boʻlgan. Bu inson organizmida oshqozon ichak hazm qilish tizimining buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Boʻka, Piskent, Oqqoʻrgʻon va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 1922 nafar bola ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik. Viloyat hokimi Zoir Mirzayevga koʻra, oʻsha vaqtda bolalarni davolash uchun 5-6 milliard soʻmlik dori-darmonlar shifoxonalarga yetkazib berilgan.
Oʻzbekiston
10.10.2025, 11:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zoyir Mirzayev bolalarning zaharlanishiga aloqador shaxslar ishdan olinish kerakligini aytdi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 10:30

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 17:32
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
