Putin tashrifi munosabati bilan Toshkentdagi bir qancha taʼlim muassasalarida imtihonlar boshqa sanaga koʻchirildi

Bugun, 27- may dushanba kuni, taʼlim muassasalarida belgilangan bir qancha imtihonlar boshqa sanaga qoldirilganligi aniqlandi. Buni «Paradigma.uz» ning bir qancha manbaalari tasdiqlamoqda.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Xususan, Moliya institutidagi yakuniy imtihonlar dushanba kuni o‘tkazilmasligi dushanba tongida talabalarga ma’lum qilingan. Bunga esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi sabab sifatida keltirilgan. Yunusobod tumanidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda ham Putin tashrifi munosabati bilan dushanba kuniga belgilangan imtihonlar qoldirilganligi o‘quvchilarga aytilgan.

Aniqlashimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipovning 24- may kuni imzolangan 01/10-579 sonli buyrug‘i bilan shaharda yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan "talabalarga qulayliklar yaratish maqsadida" 27- may kuni Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida darslar va yakuniy imtihonlar bekor qilingan. Talabalarning bizga xabar qilishicha, ushbu buyruq haqida dushanba kuni ertalab ma’lum qilingan. 24- may kuni imzolangan buyruq 27- may tongida talabalarga e’lon qilinganligi va ushbu holat poytaxtimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putining shaharda harakatlanishi bilan bog‘liq transport cheklovlariga aloqador ekanligi haqidagi savollar so‘roq ostida qolmoqda.

Bu borada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatiga qilgan qo‘rg‘irog‘imiz ham javobsiz qoldi.

Oʻzbekiston

27.05.2024, 10:09

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51