Putinning doʻsti Domodedovo aeroportiga egalik qiladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin doʻstlaridan biri, milliarder Arkadiy Rotenberg Rossiyadagi eng yirik xususiy aeroport — «Domodedovo»ni sotib oldi.
Jahon
30.01.2026, 11:18
Ulashish:

Bu haqda RBK xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, aeroport 2025 yilda sobiq egasi Dmitriy Kamenshikdan tortib olinib, davlat tasarrufiga oʻtkazilgan edi. 29 yanvar kuni oʻtgan auksionda «Domodedovo» «Sheremetevo» aeroportiga qarashli «Perspektiva» MChJga sotildi.
«Sheremetevo» ulushlarining 30 foizi davlatga, 66 foizi esa TPS Avia Holding trastiga tegishli. Ushbu trast 2022 yil oxirida Rossiyaning Russkiy orolida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan. Trast aksiyalarining 34 foizi Rotenbergga, qolgan qismi esa tadbirkorlar Aleksandr Ponomarenko va Aleksandr Skorobogatko oilalariga tegishli.
Auksionda «Domodedovo» 66,1 milliard rublga sotilgan. Bu aeroportning boshlangʻich narxi — 132 milliard rubldan ikki barobar arzon. Savdolarda Rotenberg bilan bogʻliq kompaniyadan tashqari faqat «Vnukovo» aeroporti tuzilmasi qatnashgan.
74 yoshli Arkadiy Rotenberg yoshligida Vladimir Putin bilan dzyudo toʻgaragida tanishgan. Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan soʻng u xususiy aktivlarni davlat tomonidan tortib olish jarayonidan eng koʻp foyda koʻrgan shaxslardan biriga aylangan. Bu jarayonda umumiy qiymati 4,5 trillion rubl boʻlgan aktivlar davlat nazoratiga oʻtgan.
Rotenberg, shuningdek, «Rosxim» xoldingiga qarashli bir qator kimyo korxonalarini ham sotib olgan hamda «Salavatneftemash» korxonasini boshqaruviga olgan. 2025 yil oxiriga kelib, unga oʻtgan aktivlar qiymati 168 milliard rublga yetgan.
Rossiya Transport vazirligi yangi egadan aeroportda toʻplanib qolgan muammolarni hal qilishni kutmoqda. «Domodedovo»ning qarzi 70 milliard rublni tashkil etadi, uning yarmi xorijiy valyutada. Mutaxassislar hisobicha, 2026 yilda kredit toʻlovlari aeroport daromadining qariyb chorak qismini tashkil etadi. 2025 yilda esa aeroport 10 milliard rubl zarar koʻrgan.
Jahon
30.01.2026, 11:18
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi
Jahon
27.02.2026, 12:34

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
