Turkiyalik reper Lvbel C5 ga turk adabiyotini o‘rganish sharti qo‘yildi
Lvbel C5 taxallusli reper "Kahpe" qo‘shig‘ining so‘zlari tufayli Istanbulda qo‘lga olindi. Qo‘shiqchi sud nazorati ostida turk adabiyoti bo‘yicha tahsil olish sharti bilan ozod etildi.
Jahon
15.10.2026, 14:52
Ulashish:

Sulaymon Burak Bodur (taxallusi Lvbel C5) Asya Alizade bilan birga kuylagan "Kahpe" nomli qo‘shig‘ining matni yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida qo‘lga olindi.
Ayblovlarni tan olmadi
Prokuraturada ko‘rsatma bergan Lvbel C5 o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi. U qilingan shikoyatlardan xabar topgach, qo‘shiqni barcha raqamli platformalardan olib tashlaganini aytdi.
Qo‘shiqdagi zo‘ravonlik mazmuniga ega iboralar haqidagi savolga javob berar ekan, san’atkor so‘zlarni xayolot mahsuli sifatida yozganini ta’kidladi.
“Men qo‘shiq so‘zlarini xayol surib yozaman. Bu so‘zlar zamirida hech qanday g‘arazli maqsadim yo‘q. U yerda gap zo‘ravonlik haqida ketmayapti, bular shunchaki yoshlar uchun mo‘ljallangan to‘qima so‘zlar, xolos”.
Bodur qo‘shiqdagi boshqa bahsli so‘zlar o‘zi bilan duet kuylagan Asya Alizadega tegishli ekanligini ta’kidladi va o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi.

Prokuratura Bodurni “jinoyat sodir etishga oshkora da’vat qilish” ayblovi bilan hibsga olishni so‘rab, Jinoyat ishlari bo‘yicha sulh sudiga yubordi.
Unga qanday shartlar qo‘yildi?
Ishdagi dalillar holatini va gumonlanuvchining qochib ketish ehtimoli yo‘qligini inobatga olgan sud qamoqqa olish chorasini asossiz deb topdi va talabni rad etdi.
Lvbel C5 ga nisbatan sud nazorati choralarini qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Bodurga mamlakatdan chiqish taqiqlandi hamda haftaning dushanba va chorshanba kunlari politsiya bo‘limiga borib, imzo chekib turish majburiyati yuklatildi.
Reperga nisbatan chiqarilgan qarorda turk adabiyoti bo‘yicha ta’limni davom ettirish sharti ham o‘rin oldi. Qo‘shiq matnlari yuzasidan olib borilgan tergov doirasida chiqarilgan mazkur talab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
