Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqarilishi eʼlon qilindi
UzAuto Motors yoʻlovchi tashishga moʻljallangan Damas Move, Damas Max yuk-yoʻlovchi hamda Cobalt’ning yangi versiyalari ishlab chiqarilishini maʼlum qildi. Yangi Damas oʻlchamlari kattalashadi, yuk koʻtarish qobiliyati va sigʻimi oshadi, haydovchi va yoʻlovchilar qulayligi yaxshilanadi. Cobalt esa avval mavjud boʻlmagan 12 ta yangi opsiya bilan taʼminlanadi.
Iqtisodiyot
13.10.2025, 11:47
Ulashish:

«Gazeta.uz»
UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Cobalt’ning yangi versiyalarini ishlab chiqarilishini eʼlon qildi. Unga koʻra, Damas minivenining Damas Move yoʻlovchi versiyasi va Damas Max yuk-yoʻlovchi versiyasi mavjud boʻladi. Cobalt’ning esa Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari taqdim etiladi.
Qayd etilishicha, yangi Damas oʻlchamlari kattalashadi, yuk koʻtarish qobiliyati va sigʻimi oshadi, shuningdek, haydovchi hamda yoʻlovchilar qulayligi yaxshilanadi. Yangi model ayni paytdagi joriy Damas versiyasi bilan bir vaqtda ishlab chiqariladi.
«Bu esa xaridorlarga sinovdan oʻtgan klassik model hamda zamonaviy texnologik yangiliklarga ega yangi avlod avtomobili oʻrtasida erkin tanlov qilish imkonini yaratadi», — deyiladi xabarda.
Cobalt’ning yangilangan versiyasida ilgari mavjud boʻlmagan 12 ta yangi opsiya bilan taʼminlanishi maʼlum qilindi. Modernizatsiya jarayonida avtomobilning dvigateli yangilangan, ABS tizimi takomillashtirilgan, shuningdek, dvigatel va uning tizimlarini boshqaruvchi yangi blok oʻrnatilgan.


Bundan tashqari, mijozlar uchun Android Auto va Apple CarPlay‘ni qoʻllab-quvvatlaydigan sensorli multimedia tizimi, kruiz-kontrol tizimi, eko-charmdan qilingan oʻrindiqlar, old oʻrindiqlarning isitish funksiyasi, yangi asboblar paneli hamda multimedia va kruiz-kontrolni boshqarish tugmalari bilan jihozlangan rul, shuningdek, intererning yangi dekorativ elementlari kabi bir qancha yangi opsiyalar mavjud boʻladi. Jami 50 dan ortiq asosiy avtomobil komponentlari yangilandi.
«Cobalt modelini rivojlantirishning keyingi bosqichi esa avtomobilning tashqi koʻrinishini (feyslift) oʻzgartirish boʻlib, UzAuto Motors mutaxassislari bu yoʻnalishda ishlarni allaqachon boshlashgan», — deydi kompaniya.
Avtomobillarning narxlari hamda sotuv boshlanishi sanalari boʻyicha batafsil maʼlumot keyinchalik eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida «Xorazm Avto» korxonasida 100 mln dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarishi aytilgandi.
Iqtisodiyot
13.10.2025, 11:47
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Cobalt"ni navbatsiz olishingiz mumkin, faqat qimmatga
Oʻzbekiston
21.05.2025, 10:21

UzAuto Motors Labo uchun kontraktatsiyani ochganidan 20 daqiqa oʻtib 10 000 dan ortiq shartnoma tuzdi
Oʻzbekiston
29.03.2024, 10:52
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
