YaTTlar aylanmasi 1 mlrd soʻmga yetmasa ham QQSga oʻtkazilishi mumkin

Soliq qoʻmitasi maʼlum qilishicha, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmga yetmagan taqdirda ham, agar daromadi hisoblangan nazorat summasidan oshsa, keyingi yildan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtkazilishi mumkin.

 

Ulashish:

Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmga yetmagan ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) QQS toʻlovchisi sifatida avtomatik roʻyxatga olinayotgani yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga javoban, Soliq qoʻmitasi bu holatlar Soliq kodeksi talablariga muvofiq amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.

Qoʻmita izohiga koʻra, Soliq kodeksining 462-moddasi 8-qismiga asosan, yangi roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs, YaTT yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadi belgilangan nazorat summasidan oshsa, u roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.

 

Nazorat summasi qanday hisoblanadi?

Nazorat summasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
1 mlrd soʻm 365 kunga boʻlinib, soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan sanadan yil oxirigacha boʻlgan kunlar soniga koʻpaytiriladi.

 

Misollar:

  • Agar YaTT 2025 yil 1 oktabrda roʻyxatdan oʻtib, yil oxirigacha 300 mln soʻm daromad olgan boʻlsa, bu summa 252,05 mln soʻm nazorat koʻrsatkichidan yuqori hisoblanadi. Shu bois u 2026 yil 1 yanvardan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
  • Agar YaTT 2025 yil 1 noyabrda roʻyxatdan oʻtib, yil oxirigacha 150 mln soʻm daromad olgan boʻlsa, bu summa 167,12 mln soʻm nazorat koʻrsatkichidan kam boʻlgani sababli, QQS va foyda soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydi.

Qoʻmita maʼlum qilishicha, mazkur normalarga asosan 2026 yil 1 yanvardan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtkazilgan tadbirkorlik subʼektlarining shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborilgan.

Iqtisodiyot

05.02.2026, 12:40

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

YaTT va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun maxsus QR-kod: u nima va qanday ishlaydi?

2026 yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maxsus QR-kodga ega boʻlishlari shart.

Oʻzbekiston

03.02.2026, 12:06

Pensionerlar yer va mol-mulk soligʻidan toʻliq ozod qilinadimi?

Yaqinda yer va mol-mulk soligʻidan qarzi borlarga ham elektr toʻlovlarini amalga oshirish cheklanishi haqida maʼlum qilingandi. Ushbu xabar ortidan esa ijtimoiy tarmoqlarda pensionerlar mol-mulk va yer soligʻidan toʻliq ozod qilingani haqida maʼlumotlar keng tarqaldi. Xabarlarning qanchalik asosli ekani haqida Soliq qoʻmitasi izoh berdi.

Oʻzbekiston

03.12.2025, 11:44

Soliq xodimlari pora olayotganda qoʻlga olindi

Sirdaryo tumanida MChJdagi tekshiruv vaqtida 400 mln soʻm soliq qarzi aniqlandi. Soliq boshqarmasi shoʻʼba boshligʻi va bosh inspektor qarzni 90 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga 1 500 dollar olmoqchi boʻlgan paytda DXX va Prokuratura tomonidan ushlandi.

Oʻzbekiston

17.11.2025, 10:54

Sirdaryo tumani soliq rahbarining haqoratli murojaati tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari ekani aytilayotgan mansabdor xodimlariga qoʻpol tarzda baqirib, ularni haqorat qilayotgan video tarqaldi. Unda rahbar oʻz xodimlariga nisbatan keskin, odobsiz va haqoratli soʻzlarni qoʻllagani aks etgan.

Oʻzbekiston

14.11.2025, 09:39

Damas va Cobalt yangi qiyofada: “UzAuto Motors” modellar qatorini kengaytirmoqda

“UzAuto Motors” AJ avtomobil modellar qatorini kengaytirish va mavjud modellarni modernizatsiya qilish boʻyicha strategiyasini amalga oshirmoqda.

Iqtisodiyot

14.10.2025, 10:03

Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni kamaymoqda

2025 yilning 1 mart holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni 284 ming 110 nafarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

11.09.2025, 16:28

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26