updated: 22.03.2026, 10:02

2024-yilda Osiyo jahonning eng tez rivojlanayotgan qitʼasi boʻladi

2024-yil oxiriga kelib Osiyo iqtisodiyoti 2023-yildagi koʻrsatkichdan oshib, taxminan 4,5 foizga oʻsishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Osiyo global iqtisodiy oʻsishga eng katta hissa qoʻshadigan dunyo mintaqasi boʻlib qoladi. Bu haqida Xitoyning Boao shahrida oʻtayotgan Osiyo forumi yigʻilishida eʼlon qilingan hisobotda aytildi.

Ulashish:

2024-yilda Osiyo jahonning eng tez rivojlanayotgan qitʼasi boʻladi

“Osiyo iqtisodiyoti integratsiyasi istiqbollari va taraqqiyoti toʻgʻrisida 2024-yilgi yillik hisobot” deb nomlangan ushbu hujjatga koʻra, Osiyo iqtisodiyoti turli tashqi iqtisodiy muammolarga duch kelgan boʻlsa-da, nisbatan katta isteʼmol talabi va faol investitsiyaviy muhit natijasida yuqori oʻsish surʼatini saqlab qoladi.

Hisobot mualliflarining prognozlariga koʻra, mintaqalar boʻyicha Sharqiy Osiyo iqtisodiyotining oʻsish surʼati 2023-yildagidek 4,3 foizni tashkil etadi. Janubiy Osiyoning iqtisodiy oʻsishi 5,4 foizdan oshadi, mintaqa iqtisodiyoti 2023-yilda 5,8 foizga oʻsgan va Osiyo qitʼasidagi eng tez rivojlanayotgan mintaqasi sifatida mavqega ega boʻlib qolmoqda. Ayni paytda Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish 4,5 foizdan kamroq boʻlishi mumkin, mintaqada 2023-yilda 4,3 foiz oʻsish kuzatilgan.  Gʻarbiy Osiyoda esa 2,5 foiz oʻsish kuzatilishi mumkin. 
“Xarid qobiliyati (PPP) nuqtai nazaridan, yil oxirida Osiyo yalpi ichki mahsuloti dunyo yalpi ichki mahsulotining 49 foizini tashkil qilishi kutilmoqda, bu 2023-yilga nisbatan 0,5 foiz punktga koʻpdir”, — deyiladi hujjatda.

Ish bilan bandlik nuqtai nazaridan hisobotda aytilishicha, 2024-yil uchun global prognoz davom etayotgan iqtisodiy pasayish tufayli unchalik yorqin emas. Hisobot bu yil Sharqiy va Janubiy Osiyoning aholi zich joylashgan hududlarida ish bilan bandlikning nisbatan sekin oʻsishini prognoz qilmoqda, bu esa mintaqadagi umumiy oʻsishni sekinlashtirishi mumkin, ammo Osiyoda umumiy ishsizlik global darajadan pastligicha qolishi kutilmoqda.

Mualliflarining taʼkidlashicha, Osiyo mintaqalarida koʻpchilik toʻliq stavkali ishlarda uzoq ish kuniga qaramay, daromadlarning oʻsishi "katta soʻroq ostida" qoladi. Sohalar boʻyicha daromadlarda katta tafovutlar hisobga olinsa, Osiyo iqtisodlarida ichki daromadlar tengsizligi yanada yomonlashishi mumkin, deya ogohlantiradi hisobot mualliflari.

Shuningdek, Osiyoning aksariyat bozorlarida umumiy inflyatsiya bosimi 2024-yilda yanada kuchayishi prognoz qilindi va hozirda inflyatsiya darajasi past boʻlgan mamlakatlarda keskin oʻsish kutilayotgani taʼkidlandi.

Boao Osiyo forumining yillik yigʻilishi bu yil 26-29-mart kunlari boʻlib oʻtadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 16:59

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 200 mln dollarlik investitsiya kiritmoqchi

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 200 mln dollarlik investitsiya kiritmoqchi

Oʻzbekiston Afgʻonistonning Balx, Samangan va Qunduz viloyatlariga 200 million AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda "Tolonews" nashri xabar qildi. 

Jahon

03.03.2025, 16:05

Oʻzbekistonda ish haqi, pensya va nafaqa oshmaydigan boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

17.02.2025, 10:18

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?

Markaziy Osiyo davlatlarining 2024-yildagi tashqi qarzlarini umumiy qilib qoʻshganda, taxminan $210 milliard AQSh dollari atrofida boʻladi.Bu qarzlarning asosiy qismlari quyidagi manbalardan olingan:1. Xalqaro moliya institutlari: Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi tashkilotlar.2. Davlatlar: Asosiy yordam va qarzlarni taqdim etayotgan mamlakatlar Xitoy, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar.3. Tijorat banklari va moliya kompaniyalari: Turli tijorat banklari va xususiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan qarzlar.Umumiy qarzning taqsimlanishi va manbalari har bir mamlakat uchun farq qilishi mumkin, ammo koʻpincha yirik loyihalar va infratuzilma uchun qarz olinadi.

Iqtisodiyot

08.08.2024, 15:12

/foto: Sputnik O'zbekiston/

Oʻzbekistonning asosiy eksport koʻrsatkichlari tahlil qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2023 yillardagi eksport geografiyasini tahlil qildi.

Iqtisodiyot

11.06.2024, 11:16

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45