60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati joylarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi.

Ulashish:

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi

Maʼlum qilinishicha, dastlabki qonunbuzarlik Fargʻona viloyatida sodir etilgan. Unda "Toshkent-Fargʻona" yoʻnalishida harakatlanayotgan, Margʻilon shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashina "Namangan" YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan. Natijada avtotransport vositasining orqa oʻrindigʻiga yashirib qoʻyilgan 9 kg 573 gr "gashish" moddasi borligi aniqlangan hamda tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.  

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur shaxsning yashash xonadonidan 2 kg 779 gr "gashish" va 1 kg 29 gr "opiy" moddalari hujjatlashtirib olingan. Tezkor tadbir davomida ushbu fuqaroning Fargʻona va Margʻilon shaharlarida istiqomat qiluvchi sheriklari ham qoʻlga olingan. Ulardan biri muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan. 

Navbatdagi ogʻufurushlik esa Xorazm viloyatida sodir etilgan. Masʼul organ xodimlari tomonidan "Samarqand-Xorazm" yoʻnalishida harakatlanayotgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi "KIA"  rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan. Natijada avtomashinada 2 kg 821 gr "opiy" moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Aniqlanishicha, u Tojikiston Respublikasida yashovchi fuqarodan har bir kilogrammini 6500 AQSh dollaridan sotib olgan va ushbu narkotik moddani Xorazm viloyatidagi giyohvandfurushlarga sotishni rejalashtirgan. 

Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

"Unda kir yuvish vositalari paketlariga qadoqlangan 45 kg 898 gr kristall kukunsimon moddalar mavjud boʻlib, ularning tarkibida "Pregabalin" kuchli taʼsir qiluvchi moddasi borligi aniqlandi. Shuningdek, tadbir davomida 1 kg 190 gr "Tropikamid" moddasi ham musodara qilindi", 

deyiladi DXX tomonidan berilgan maʼlumotda. 

Yana bir holat esa Toshkent shahrining Mirobod tumanida aniqlangan. Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs 1512 dona "Regapen" va 300 dona "Tropikamid" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaroga 60 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu dori vositalari Qirgʻiziston Respublikasidan olib kelingan. 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Oʻzbekiston

09.08.2024, 10:23

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Respublikaning turli nuqtalarida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bir qancha qonunbuzarlik holatlari ochiqlandi. 

Oʻzbekiston

26.07.2024, 16:49

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 11:01

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 10:02

Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

Qoʻrgʻontepalik ogʻufurushlardan biri giyohvand moddani oʻzining avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 19:34

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qoʻyildi

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda internet tarmogʻi orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhning faol aʼzosi qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 12:25

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi boʻlgan Migratsiya agentligi xodimlari pora qoʻlga tushdi

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi boʻlgan Migratsiya agentligi xodimlari pora qoʻlga tushdi

Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi bir guruh fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 41 ming AQHS dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

27.08.2025, 17:28

So‘nggi yangiliklar

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39