updated: 21.03.2026, 10:33

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Ulashish:

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida aliment boʻyicha qarzdor shaxslar roʻyxatlari mahalla Telegram guruhlariga tarqatilayotgani, shuningdek ularning fotosuratlari mahalla binolari va masjid hududlariga ilib qoʻyilayotgani haqidagi xabarlar keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq, insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir va hech narsa uni kamsitish uchun asos boʻla olmaydi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 7-moddasiga koʻra, jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʻzlamaydi.

Aliment toʻlash — ota-onaning qonuniy majburiyati va bolaning daxlsiz huquqidir. Bolaning taʼminot olish huquqi davlat himoyasida boʻlib, uni taʼminlash boʻyicha choralar qonun doirasida qatʼiy amalga oshirilishi lozim.

Biroq qarzdorlarni ommaviy ravishda sharmanda qilish, shaxsiy maʼlumotlarini tarqatish yoki fotosuratlarini jamoat joylariga ilib qoʻyish kabi amaliyotlar huquqiy davlat tamoyillariga zid boʻlib, inson qadr-qimmatini kamsitishga olib keladi.

Inson qadri — har qanday ijro harakatlaridan ustundir.

Mavzuga oid yangiliklar

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi

Yangi qoʻshimchalarga koʻra, aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslar chet davlatga chiqish uchun vaqtinchalik cheklovni bekor qilish maqsadida sugʻurta polisini ilova qilgan holda davlat ijrochisiga iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Iltimosnoma koʻrib chiqilganidan soʻng, davlat ijrochisi chetga chiqish boʻyicha cheklovni maʼlum muddatga toʻxtatib turadi.

Oʻzbekiston

27.11.2025, 09:55

Xorazmda keksa otasini moddiy taʼminlamagan farzandlar jinoiy jazoga tortildi

Ota 3 nafar farzandini sudga berdi. Farzandlar sud qarori bilan otasining taʼminoti uchun har biriga belgilangan oylik – 130 ming soʻm aliment pulini toʻlamay kelgan. “Turmush oʻrtogʻim vafotidan keyin farzandlarim meni yolgʻiz tashlab qoʻydi. Axir men ularni tugʻilganidan voyaga yetgunlariga qadar parvarishlaganman”, degan otaxon sudda.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 18:35

Toshkentda ota 2,4 mlrd soʻmlik alimentni toʻlab berdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ota 4 nafar farzandi taʼminoti uchun 2,4 mlrd soʻm miqdoridagi aliment pullarini oldindan toʻlab berdi.

Oʻzbekiston

21.08.2025, 09:01

Mashina jarimaga, ota qamoqqa joylashdi

Oʻtkazilgan navbatdagi reyd davomida ushlangan ushbu shaxs yillar davomida aliment toʻlovlarini amalga oshirmagan.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 20:49

Sirdaryoda ota nogiron oʻgʻlidan aliment talab qildi

Sirdaryoda ota nogiron oʻgʻlidan aliment talab qildi

Sirdaryoda ota 26 yoshli nogiron farzandidan aliment soʻrab, sudga daʼvo kiritdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

01.08.2024, 11:20

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45