Xorazmda keksa otasini moddiy taʼminlamagan farzandlar jinoiy jazoga tortildi
Ota 3 nafar farzandini sudga berdi. Farzandlar sud qarori bilan otasining taʼminoti uchun har biriga belgilangan oylik – 130 ming soʻm aliment pulini toʻlamay kelgan. “Turmush oʻrtogʻim vafotidan keyin farzandlarim meni yolgʻiz tashlab qoʻydi. Axir men ularni tugʻilganidan voyaga yetgunlariga qadar parvarishlaganman”, degan otaxon sudda.
Oʻzbekiston
03.09.2025, 18:35
Ulashish:

Xorazmda keksa otasini moddiy taʼminlamagan uch farzandga oid jinoyat ishlari sudda koʻrib chiqildi. Kun.uz sud hukmlari bilan tanishdi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, Bogʻot tumanida yashovchi, 5 farzandning otasi boʻlgan X.X. keksayganida qarovsiz qolgan. U 2023 yil iyul oyida fuqarolik ishlari boʻyicha Shovot tuman sudiga farzandlaridan aliment toʻlovlari undirish haqida ariza bilan murojaat qilgan. Sud qarori bilan otaxonning moddiy taʼminoti uchun farzandlarining har biridan oylik 130 ming soʻm qatʼiy summada toʻlov undirish belgilangan. Ammo bir oʻgʻli va ikki qizi ushbu aliment toʻlovini toʻlamay kelgan.
X.X. sudda turmush oʻrtogʻi vafotidan soʻng farzandlari uni yolgʻiz tashlab qoʻyganini bildirgan.
“Oʻzlarining farzandlik burchlarini bajarmadi. Axir ularni tugʻilganidan voyaga yetgunlariga qadar parvarishlab, tarbiyalab kelganman. Biroq shunday boʻlishiga qaramasdan, meni keksaygan va sogʻligʻim yomonlashgan bir davrda oʻz holimga tashlab qoʻyishdi”, degan otaxon sudda.
X.X.ning uch farzandi belgilangan alimentni toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan. Ular 2024 yil sentabr oyida maʼmuriy jazoga tortilgan. Ammo moddiy yordamga muhtoj boʻlgan otasiga aliment toʻlashdan boʻyin tovlashda davom etishgan. 2023 yil iyuldan 2025 yil 1 iyungacha boʻlgan davrda ularning har birida 2 mln 721 ming soʻmdan toʻlanmagan aliment qarzdorligi yuzaga kelgan.
Ota suddan ushbu qarzdorlikni undirishda amaliy yordam soʻragan. Jinoyat ishlari boʻyicha Bogʻot tuman sudi hukmlariga asosan farzandlar Jinoyat kodeksining 123-moddasi (ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Oʻgʻil farzand oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan. Ikki qiz farzandning har biriga esa Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllagan holda BHMning 20 baravari, yaʼni 7,5 mln soʻmdan jarima jazosi tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining 123-moddasiga koʻra, voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oʻzbekiston
03.09.2025, 18:35
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman
Oʻzbekiston
02.03.2026, 15:07

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Toshkentda ota 2,4 mlrd soʻmlik alimentni toʻlab berdi
Oʻzbekiston
21.08.2025, 09:01

Mashina jarimaga, ota qamoqqa joylashdi
Oʻzbekiston
22.07.2025, 20:49

Sirdaryoda ota nogiron oʻgʻlidan aliment talab qildi
Oʻzbekiston
01.08.2024, 11:20
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi
Jahon
03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi
Jahon
03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi
Oʻzbekiston
03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.
Sport
03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
