Antikorrupsiya agentligi 2025 yilda olingan sovgʻalar roʻyxatini oshkor qilmadi

Nizomga koʻra, agar davlat organi xodimiga berilgan sovgʻa qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan (1,6 million soʻm) kam boʻlsa, u xodim ixtiyorida qoladi. Agar ushbu meʼyordan oshsa, sovgʻa davlat organi balansiga oʻtkazilib, idora ehtiyojlari uchun foydalanilishi mumkin.

Ulashish:

Oʻzbekiston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi idora vakillari tomonidan 2025 yilda olingan sovgʻalar boʻyicha maʼlumot taqdim etish haqidagi soʻrovga javob bermadi. Mazkur soʻrov Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan 17 noyabr kuni Agentlikka yuborilgan.

«Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq, davlat organlari OAV soʻrovlariga 7 kun ichida javob berishlari shart.

Markaz tomonidan quyidagi savollarga javob soʻralgan edi:

  1. 2025 yilda Agentlik vakillari tomonidan olingan sovgʻalar roʻyxatini taqdim etish;
  2. Agentlik tomonidan boshqa vazirlik va davlat organlarida olingan sovgʻalar boʻyicha markazlashgan monitoring olib borilishi haqida maʼlumot berish.

Maʼlumot oʻrnida, 2023 yil 13 mart kuni davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat safari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar doirasida olishi mumkin boʻlgan sovgʻalar qiymati hamda ularni tasarruf etish tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlangan. Ushbu hujjat davlat organlarida sovgʻalar reyestrlarini yuritishni nazarda tutsa-da, ularni ommaviy oshkor etish talabini belgilamaydi.

 

2023 yilda olingan sovgʻalar

2023 yilda olingan sakkizta esdalik sovgʻasi va devoriy suratlarning umumiy qiymati 14,57 million soʻmni tashkil etgan. Eng qimmat sovgʻa Misr Maʼmuriy nazorat boshqarmasi rahbaridan olingan haykalcha boʻlib, uning qiymati 3,2 million soʻmga teng.

Shuningdek, Tojikiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Afgʻonistonning korrupsiyaga qarshi kurash idoralari tomonidan taqdim etilgan qiymati 1,35 million soʻmdan 2,5 million soʻmgacha boʻlgan esdalik sovgʻalar reyestrda qayd etilgan.

 

2024 yilda olingan sovgʻalar

2024 yilda Agentlik rasmiy hamkorlariga umumiy qiymati 14 million soʻmdan ortiq sovgʻalar topshirgan. Shu bilan birga, Agentlik xodimlari tomonidan olingan va reyestrda aks ettirilgan sovgʻalarning umumiy qiymati 32 million soʻmdan oshgan.

Reyestr maʼlumotlariga koʻra, eng faol hamkor davlatlar sifatida Qatar (davlat auditi organlari, prokuratura va sud tizimi), Malayziya (korrupsiyaga qarshi kurash idoralari, akademiyalar va NNTlar), shuningdek Tojikiston va Qozogʻiston qayd etilgan. Bu 2024 yilda rasmiy sovgʻalar almashinuvi boʻyicha qaysi davlatlar bilan aloqalar eng jadal boʻlganini koʻrsatadi.

Nizomga koʻra, agar davlat organi xodimiga berilgan sovgʻa qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan (1,6 million soʻm) kam boʻlsa, u xodim ixtiyorida qoladi. Agar ushbu meʼyordan oshsa, sovgʻa davlat organi balansiga oʻtkazilib, idora ehtiyojlari uchun foydalanilishi mumkin.

So‘nggi yangiliklar

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29