Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Ulashish:

Bu haqda ABC News xabar berdi.

Eronlik besh nafar ayol futbolchi — Fotima Pasandide, Zahro Ganbari, Zahro Sarbali, Otifa Ramazonzoda va Mona Hamudiy mart oyi boshida ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogining ochilish oʻyinida Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan avval Eron davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgan edi.

Ushbu harakatdan soʻng sportchilar Eron davlat OAV tomonidan keskin tanqidga uchradi. Jamoaning ushbu besh nafar aʼzosi Gold Coast shahridagi mehmonxonada oʻz nazoratchilaridan qochib ketishga muvaffaq boʻlgan va hozirda Queensland politsiyasi himoyasida xavfsiz joyda qolmoqda. Faollar va sportchilarning yaqinlariga koʻra, agar ular vataniga qaytsa, shafqatsiz taʼqiblar, hatto oʻlim jazosiga duchor boʻlishi mumkin.

Tramp oʻzining Truth Social platformasida Avstraliya bosh vaziri Anthony Albanesega qarata ochiq murojaat yoʻlladi.

«Avstraliya Eron ayollar milliy futbol jamoasiga Eronga qaytishga ruxsat berib, dahshatli gumanitar xatoga yoʻl qoʻymoqda, u yerda ular oʻldirilishi mumkin», — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi Donald Tramp. Uning soʻzlariga koʻra, u Avstraliya bosh vaziri bilan shu mavzuda suhbatlashgan.

New South Wales shtatining qullikka qarshi kurash boʻyicha komissari James Cockayne jamoaning qolgan aʼzolariga nisbatan «zamonaviy qullik» alomatlari borligini tekshirishni talab qildi. Uning aytishicha, futbolchilarga mehmonxonadan kuzatuvchilarsiz chiqish taqiqlangan, ularning soʻz va harakat erkinligi cheklangan.

«Eron hukumati sportchilar va ularning oilalariga tahdid qilib, siyosiy muxolifatni bostirish uchun ulardan foydalanishi barchaga maʼlum», deya qoʻshimcha qildi Cockayne.

Eronning soʻnggi shohi oʻgʻli va surgundagi valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy ham Instagram’da ushbu sportchilarni qoʻllab-quvvatladi. U besh nafar ayol futbolchi jamoa lagerini tark etib, xavfsiz joyga oʻtganini va «Eron milliy sher va quyosh inqilobi»ga (Lion and Sun Revolution) qoʻshilganini eʼlon qildi.

Jahon

10.03.2026, 11:47

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 12:26

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.

1–5 martda Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga 9 361 nafar, Qozogʻistondan esa 4 700dan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya aviareyslar va nazorat yoʻllari orqali tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda. 

Siyosat

07.03.2026, 14:19