AQSh 75 davlat fuqarolari uchun viza berishni vaqtincha toʻxtatdi
Viza berish vaqtincha toʻxtatilgan davlatlar roʻyxatiga Somali, Rossiya, Afgʻoniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tailand, Yaman va boshqa mamlakatlar kiritilgan. Cheklovlar 21 yanvardan kuchga kiradi.
Jahon
15.01.2026, 08:46
Ulashish:

AQSh Davlat departamenti 75 davlat fuqarolari uchun viza berish jarayonini vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda Fox News telekanali idoraning ichki hujjatiga tayanib xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur qaror butun dunyo boʻylab faoliyat yuritayotgan AQSh konsulliklariga yetkazilgan. Hujjatda amaldagi qonunchilik doirasida viza arizalarini rad etish choralarini kuchaytirish topshirilgan. Cheklov vizalarni tekshirish va baholash tartibi qayta koʻrib chiqilgunga qadar amal qiladi.
Yangi talablar qachon joriy etilishi hozircha maʼlum qilinmagan.
Fox News xabariga koʻra, Davlat departamenti ayniqsa Somali fuqarolariga nisbatan alohida eʼtibor qaratgan. Bunga Minnesota shtatida fosh etilgan yirik firibgarlik ishi sabab boʻlgan. Terguv davomida davlat tomonidan ajratiladigan ijtimoiy nafaqalarni suiisteʼmol qilish holatlari aniqlangan. Ushbu ish doirasida somaliliklar yoki Somali kelib chiqishiga ega AQSh fuqarolari sud javobgarligiga tortilgan.
Eslatib oʻtamiz, AQSh avval ham viza tartiblarini kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrgan. Xususan, 2025 yil noyabr oyida Davlat departamenti diplomatik vakolatxonalarga arizachilarni yanada qatʼiy tekshirish boʻyicha koʻrsatma yuborgan edi. Unga koʻra, nomzodlarning sogʻligʻi, yoshi, ingliz tilini bilish darajasi va moliyaviy ahvoli hisobga olinadi.
Shuningdek, ayrim hollarda keksalar, ortiqcha vaznga ega shaxslar yoki avval davlatdan ijtimoiy nafaqa olgan arizachilarga viza rad etilishi mumkin.
Davlat departamenti vakili Tommi Piggotning taʼkidlashicha, AQSh “mamlakat uchun ijtimoiy yuk boʻlishi mumkin boʻlgan” muhojirlarni qabul qilmaslik huquqidan foydalanmoqda. Shu sababli 75 davlatdan keluvchi fuqarolar uchun immigratsiya jarayonlari qayta baholangunga qadar toʻxtatilgan.
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh viza uchun garov puli talab etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirdi
Jahon
06.01.2026, 18:06

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:43

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
