Bangladesh Bosh vaziri mamlakatdan qochib ketdi
Avtokrat rahbar norozilik namoyishlari natijasida taxtdan agʻdarildi. Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina Vazed bir necha haftadan beri davom etayotgan talabalar boshchiligidagi norozilik namoyishlari halokatli va umummilliy tartibsizliklarga aylanib ketganidan soʻng mamlakatdan qochib ketishga qaror qildi.
Jahon
06.08.2024, 11:52
Ulashish:

Bangladesh Bosh vaziri mamlakatdan qochib ketdi
76 yoshli ayol dushanba kuni vertolyotda Hindistonga qochib ketgan, minglab namoyishchilar uning poytaxt Dakkadagi rasmiy qarorgohiga bostirib kirishi natijasida 2009-yildan beri hokimiyatda boʻlgan avtokrat raxbarning hukmronligiga yakun yasaldi.
Hasina xonim oʻz siyosiy faoliyatini demokratiya tarafdori sifatida boshlagan edi. Biroq, soʻnggi yillarda u avtokratga aylanib, oʻz hukmronligiga qarshi chiqqan har qanday harakatlarni yoʻq qilgan. Uning hukmronligi davrida siyosiy sabablarga koʻra hibsga olishlar, gʻoyib boʻlishlar, suddan tashqari oʻldirishlar va boshqa huquqbuzarliklar koʻpaygan.
Yanvar oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda u toʻrtinchi muddatga Bosh vazir sifatida saylanib misli koʻrilmagan gʻalaba qozondi. Saylov tanqidchilar tomonidan soxta deb qoralangan va asosiy muxolifat tomonidan boykot qilingan.
Namoyishlar avj olgan pallada mamlakatning sobiq prezidenti, Bosh vazir Shayx Hasinaning otasi Shayx Mujibur Rahmonning haykalini agʻdarishdi.
Namoyishlar iyul oyi boshida barcha davlat ish oʻrinlarining yarmidan koʻpi mustaqillik kurashi qatnashchilarining oila aʼzolariga ajratiladigan kvotalash tizimining qayta joriy etilishi yuzasidan boshlangan edi. Keyinroq tizim Bangladeshning Oliy sudi tomonidan bekor qilindi.
Tartibsizliklarning eng ogʻir davrlarida kuch ishlatar tizimlar 200 dan ortiq odamning oʻlimiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari minglab odamlar rezina oʻqlar va koʻzni yoshlantiruvchi granatalardan jarohatlangan.
Qoʻshinlar namoyishchilarning qonini toʻkishi ortidan norozilik qamrovi yanada keng tus oldi.
Jahon
06.08.2024, 11:52
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi
Jahon
23.02.2026, 14:41

Bangladesh bosh vaziri oʻlim jazosiga hukm qilindi
Jahon
17.11.2025, 16:12
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
