Bojxona qoʻmitasi 25 ta elektromobil xarid qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlatdan 71 mln 745 ming soʻm qarzi boʻlgan Bojxona qoʻmitasi bir donasi 875 million soʻmga baholangan "Li L9 ULTRA" avtomobilini xarid qilayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bojxona qoʻmitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev PARADIGMA.UZ'ga rasmiy maʼlumot berdi.

Ulashish:

Bojxona qoʻmitasi 25 ta elektromobil xarid qiladi

Bojxona qoʻmitasi 25 ta elektromobil xarid qiladi

Unga ko'ra, Prezidentning 2022 yil 19 dekabrdagi "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-443-son qaroriga koʻra, Bojxona qoʻmitasi joriy yilda 25 ta elektromobil va gibrid avtomobillar xarid qilishi kerak.

"Mazkur xaridlar davlat byudjeti yoki maxsus fond mablagʻlari hisobidan emas, bojxona organlarini rivojlantirish fondidan amalga oshiriladi", deydi u.

Tangriyevning qoʻshimcha qilishicha, xabarlarda nazarda tutilayotgan 71 mln 745 ming soʻmlik qarzdorlik fuqaro A.T. tomonidan bojxona qonunbuzilishi oqibatida sodir etilgan.

"MIB Fargʻona shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan ijro hujjatida nazarda tutilgan 71 mln 745 ming soʻmlik qarzdorlik esa bojxona qonunbuzilishini sodir etgan shaxs A.T. tomonidan Moliya vazirligi Yagona Gʻazna hisob-varagʻiga toʻlangan mablagʻ hisoblandi. 

Unga nisbatan sudning tegishli hukmi chiqqach, 2023 yil 17 avgustdagi 1351-sonli toʻlov topshiriqnomasi asosida mablagʻ ushbu shaxsga qaytarilgan", deydi matbuot kotibi.

Hozirda Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatini tamomlash davom etmoqda.

Oʻzbekiston

15.10.2024, 18:51

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37