Bolalarda semizlik bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin — SVV

JSST (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) maʼlumotiga koʻra, uning Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo davlatlarda yashovchi maktab yoshidagi har uch oʻgʻil-qizdan biri ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekmoqda. Bu holat qizlarga nisbatan oʻgʻil bolalar orasida yuqori. Xoʻsh, bu qaysi omillar bilan bogʻliq? Qanday xavfli asoratlari bor? Muammoning oldini olish uchun nimalar qilish lozim? Bu borada Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Ulashish:

Bolalarda semizlik bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin — SVV

Bolalarda semizlik bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin — SVV

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nozimaxon Nazarovaga koʻra, bu muammoning asosiy sababi notoʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, nosogʻlom turmush tarzi va genetik omillar bilan bogʻliq.

"Masalan, hozir bolalar oʻrtasida transyogʻlarga toʻyingan "Fast-food"lar, shirinliklar, yuqori kaloriyali oziq-ovqatlar, gazli va rangli ichimliklar isteʼmol qilish ommalashgan. Qolaversa, boʻsh vaqtini televizor, kompyuter qarshisida yoki har xil gadjetlarda oʻtkazadigan oʻgʻil-qizlar safi kengaymoqda. Bularning bari vazn ortishi va semizlikka olib kelyapti. Shu tufayli ham yangi asrda qator xavfli xastaliklarning tobora yasharishi kuzatilmoqda", deydi shifokor.

Semizlik qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Uning qoʻshimcha qilishicha, semizlik — qandli diabetning ikkinchi turini rivojlantiruvchi xavf hisoblanadi. Agar bu kasallik bolalarda 18 yoshga toʻlgunga qadar paydo boʻlsa, ularning umr koʻrish davomiyligi qisqarishi ehtimoli ortadi. Ateroskleroz, arterial gipertenziya kabi yurak-qon tomir xastaliklarining erta yoshda paydo boʻlishida ham vazn ortishining taʼsiri katta. 

Semirib ketish oʻgʻil bolalarda balogʻatga yetishning kechikishiga, qizlarda esa aksincha, tezlashishiga sabab boʻladi. Bu kelajakda bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin. Vazn ortishi dastlab surunkali yogʻli jigar distrofiyasi, keyingi bosqichda esa jigar sirrozi kasalligini paydo qilishi ham tibbiyotda oʻz tasdigʻini topgan. 

Bundan tashqari, faol oʻsish davrida bolalarning suyak toʻqimalari hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Ortiqcha vazn ularda boʻgʻim va umurtqa pogʻonasi xastaliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Oʻz navbatida, semizlik apnoe sindromi (uyqu paytida nafas olishning toʻxtashi), bronxial astma va turli allergik xastaliklarga sabab boʻlishi ham aniqlangan. 

Bu muammoga qarshi qanday kurashish kerak? 

Mutaxassisning aytishicha, avvalo bolalarning ovqatlanish ratsioni va rejimini tartibga solish lozim. Ularning kuniga kamida 1 soat jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratish zarur. 

Oʻz navbatida, oʻgʻil-qizlarning kundalik uyqu rejimiga amal qilishini taʼminlash ham muhim. Chunki meʼyoriy uyqu ishtahani boshqarishga yordam beradi. Qolaversa, farzandlarning kompyuter, smartfon va televizor oldida oʻtkazadigan vaqtini cheklash ular salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Fan-texnologiya

13.09.2024, 11:12

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39