Bolalarda Laron sindromining borligini qayday bilish mumkin?
Bolalarda boʻy oʻsmasligi (oʻsishning kechikishi) turli sabablarga, jumladan, genetik, tibbiy, ovqatlanish yoki atrof-muhit bilan bogʻliq. Agar ota-onaning boʻylari qisqa boʻlsa, bola ham qisqa boʻyli boʻlish ehtimoli yuqori. Ammo shunday genetik kasalliklar borki, ota-onaning boʻyi baland boʻlishiga qaramay, bolaning boʻyi past boʻlishi ham mumkin. Shulardan biri Laron sindromi hisoblanadi.
Fan-texnologiya
23.12.2024, 13:51
Ulashish:

Bolalarda Laron sindromining borligini qayday bilish mumkin?
Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik boʻlib, bunda oʻsish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan boʻladi. Oqibatda tana toʻqimalari gormonga javob bermay qoʻyadi va bolaning boʻyi tengdoshlariga qaraganda ancha sekin oʻsadi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda Laron sindromi bilan ogʻrigan 500 nafardan ortiq odam yashaydi va ularning hammasi ham davolanmagan. Bemorlarning aksariyat qismi (100 nafardan ortiq kishi) Ekvador janubida roʻyxatga olingan.
Odatda bola tugʻilganida vazni va boʻyi normal boʻladi, lekin juda tez oʻsishdan ortda qola boshlaydi. Alomatlar hayotining birinchi yilidayoq koʻzga tashlanadi. Boʻy oʻsishi sekinlashishidan tashqari, koʻpincha motorika rivojlanishida ham kechikish yuzaga keladi. Aql-idrokida nuqson boʻlmaydi.
Agar bemor davolanmasa, bu kasallik tufayli pakanaligi boʻlgan erkaklarning boʻy uzunligi taxminan 140 sm, ayollarniki esa 120 sm boʻladi.
Kasallikning boshqa alomatlari — semizlik, mushak zaifligi, gipoglikemiya, balogʻatga yetishning kechikishi, tishlar nosogʻlomligi, sochlar esa siyrak va moʻrt boʻlishidir. Ammo Laron sindromi boʻlgan odamlarning umr koʻrish davomiyligi deyarli sogʻlom odamlarnikidan farq qilmaydi.
Bu kasallikka duchor boʻlgan odamlarda ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi, ammo II tur diabet va oʻsmalarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada kam boʻladi. Kasallik somatotropin va alohida qon tahlillari hamda genetik testlar yordamida tashxislanadi.
Davolashning yagona usuli — maxsus preparatni organizmga muntazam ravishda yuborishdan iborat. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu bolaning oʻsish tezligi yiliga taxminan 8 sm boʻlishini taʼminlaydi. Ammo, afsuski, bunday bemorlarni toʻliq davolay oladigan usul hali mavjud emas. Ammo olimlar gen terapiyasini ishlab chiqish ustida izlanishlar olib bormoqda.
Fan-texnologiya
23.12.2024, 13:51
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi
Siyosat
30.06.2025, 11:38

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

Oʻqituvchilar birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini sudga berdi
Ta'lim
05.07.2025, 12:55

Sotuvga qoʻyilgan bola haqidagi xabarga Bolalar ombudsmani munosabat berdi
Oʻzbekiston
27.06.2025, 10:58

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20
So‘nggi yangiliklar

Rossiyada koronavirusning «stratus» shtammi tarqalmoqda. U yangi pandemiyaga sabab boʻladimi?
Jahon
25.07.2025, 20:42

"Navbahor"dan transfer taqiqi yechildi
Sport
25.07.2025, 19:35

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida muhim shartnomalar imzolandi
Iqtisodiyot
25.07.2025, 18:36

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi
Sport
25.07.2025, 18:05

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi
Jahon
25.07.2025, 17:52

"Zoʻr TV" JCh-2026 translyatsiya huquqini sotib oldi
Sport
25.07.2025, 17:34

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 17:32

Oʻzbekiston aholisining 49 foizi qishloqlarda yashaydi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 17:20

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 16:32

Oʻzbekiston – Rossiya: aviaqatnovlar soni oshiriladi va parvozlar geografiyasi kengaytiriladi
Iqtisodiyot
25.07.2025, 16:31

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi
Jahon
25.07.2025, 15:35

Qarib 18 mlrd soʻmlik talon-taroj qilgan “gaz zapravka” aniqlandi
Oʻzbekiston
25.07.2025, 15:14
Mashhur yangiliklar

Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi
Siyosat
30.06.2025, 11:38

"Mufassa" Sodiqovaga 25 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 11:41

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

Oʻqituvchilar birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini sudga berdi
Ta'lim
05.07.2025, 12:55

Sotuvga qoʻyilgan bola haqidagi xabarga Bolalar ombudsmani munosabat berdi
Oʻzbekiston
27.06.2025, 10:58

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20