O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?

1 avgust kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori sohilidagi Sea Breeze Uzbekistan investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qildi. Loyiha maydoni  577 gektar. Sarmoya hajmi 5 milliard AQSH dollari.

Фото: Пресс-служба президента Республики Узбекистан

Loyihani amalga oshirish shartlari

Yer uchastkalari 25 yillik imtiyozli ijaraga beriladi, keyinchalik uzaytirish imkoni bor.

Ijara haqi umumiy 1,7 trln so‘m (≈133,2 mln $) etib belgilangan, ammo investor 5 yil davomida 17 mlrd so‘m (≈1,3 mln $) to‘laydi – chegirma koeffitsenti qo‘llaniladi.

Investor 2029 yil oxirigacha qurilishni va loyiha hujjatlarini bir vaqtda amalga oshirishi mumkin.

Qurilish me’yorlarini mustaqil belgilash, uchastkalarni subijaraga berish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish va ularning tariflarini belgilash huquqi beriladi.

Loyiha 2025–2035 yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyiha bosh rejasi Britaniyaning Scott Brownrigg kompaniyasi tomonidan tayyorlayapti.

Ekologiya va nazorat

Chorvoq va Chirchiq daryosiga chiqindi oqizish qat’iyan taqiqlanadi.

Barcha chiqindilar Chirchiqdagi tozalash inshootlariga yo‘naltirilishi shart.

Nazoratni Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi amalga oshiradi.

Har bir kesilgan daraxt uchun 10 ta ko‘chat eklishi kerak.

Suvni qayta ishlash va qayta foydalanish tizimini qurish majburiy.

Yerlarni olib qo‘yish va tovon to‘lash

Belgilangan yerlar «erkin» deb topilib, amaldagi foydalanishdan chiqariladi.

Yer egalari va ijarachilarga 5 mln dollarlik kompensatsiya mahalliy budjet orqali to‘lanadi.

Shaxsiy mulk (agrar va o‘rmon fondiga kirmaydigan) faqat kelishuv asosida sotib olinadi.

Qurilish shartlari buzilsa, yerlar tovonsiz tartibda qaytarib olinadi.

Infratuzilma va majburiyatlar

Chorvoq ustidan ko‘prik, yo‘llar va kommunikatsiyalar qurilishi uchun xalqaro sarmoyalar jalb etiladi.

Investor 1 yanvar 2026 yilgacha xalqaro BOJ (GCHP) asosida hamkor topishi shart.

Investor:

Xalqaro byurolarni jalb qilgan holda master-plan tuzadi;

Sarmoyador rezidentlar bilan shartnoma tuzadi;

1 m² qurilish uchun 50 dollarlik infratuzilma yig‘imini to‘laydi.

Bu mablag‘lar kompensatsiyalar, infratuzilma va ijtimoiy obyektlar qurilishiga yo‘naltiriladi.

Imtiyozlar va maqom

2 hafta ichida loyiha “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasiga a’zo sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kutilayapti. Bu unga soliq va ma’muriy imtiyozlar taqdim etadi.

Jamoatchilik munosabati va tanqid

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ekologlar va faollar qurilish Chorvoq – Toshkent uchun asosiy ichimlik suv manbai – ekologiyasiga tahdid solishidan xavotirda. Shuningdek, aholi uchun suv xavzasiga kirish cheklanishi va infratuzilmaga yuk orttirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov avvalroq hech qanday rasmiy hujjat kelib tushmaganini va ekologik ekspertizalar tugatilmasdan qurilish boshlanmasligini bildirgandi. Biroq qarorda ekologik ekspertiza to‘g‘risida so‘z yuritilmagan. Yangi ekologiya to‘g‘risidagi qonun 25 avgustdan kuchga kiradi.

«Hukumat barcha xavf-xatarni zimmasiga olmoqda»

Iqtisodchi Otabek Bakirov qaror matni bilan tanishib, loyihaga qattiq tanqid bildirdi. U investor tanlovining shaffof emasligini va iqtisodiy mantiqan asossizligini ta’kidladi.

Bakirovning ta’kidlashicha:

Agalarovlarga tegishli Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasining taklifi "eng yaxshi" deb topilgan, lekin boshqa ishtirokchilar va ularning rad etilishi sabablari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Ushbu hudud strategik ahamiyatga ega va uning faqat bitta chet el kompaniyasiga berilishi xavfli.

5 mlrd dollar sarmoya manbalari noaniq. Agalarov Development bu darajadagi mablag‘ni o‘z hisobidan amalga oshirishi ehtimoldan yiroq. Demak, kreditlar jalb qilinadi – ular kimdan, qanday sharoitda va qaysi kafolatlar bilan olinadi – nomuayyan.

Eng katta xavotir shundaki:

Investorga yerni subijaraga berish huquqi berilgan. Bakirovning fikricha, bu jihat loyihani turizm markazi emas, yer sotish sxemasiga aylantiradi.

Yer ijarasi juda arzon: 577 gektar yer 1,3 mln dollarga berilyapti, qo‘shimchasiga juda yengil shartlar bilan.

Ekologik talablar yoritilmagan, kanalizatsiya va tozalash tizimi kafolatlanmagan. Agar muammolar yuzaga kelsa, davlat budjeti zararni yopishi mumkin.

Qurilish hujjatlari tugallanmasdan qurilishni boshlashga ruxsat berish – keyingi yillarda ko‘plab samarasiz va shubhali loyihalarning sababchisi bo‘lgan amaliyotdir.

Hukumat barcha infratuzilma obyektlarini – yo‘llar, kanalizatsiya, aloqa vositalari va hatto Chorvoq ustidan o‘tuvchi ko‘prikni ham to‘liq o‘z hisobidan qurishga majbur. Investor esa deyarli barcha imtiyozlarga ega bo‘lmoqda.

 

Oʻzbekiston

04.08.2025, 10:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?

Chorvoq suv ombori hududida qurilayotgan «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qonunchilik va xalqaro ekologik majburiyatlarga zid ravishda boshlangan boʻlishi mumkin. 

Oʻzbekiston

06.02.2026, 08:01

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan

Chorvoq suv ombori boʻyida barpo etilishi rejalashtirilgan Sea Breeze Uzbekistan umummavsumiy kurortining ekologik loyihasi hali Davlat ekologik ekspertizasi markaziga taqdim etilmagan.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 17:12

«Mashinasozlar»dan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar qatnovi toʻxtatildi

«Mashinasozlar»dan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar qatnovi toʻxtatildi

«Mashinasozlar» metro bekatini Chorvoq shahri bilan bogʻlagan shaharlararo 1226-sonli avtobus qatnovi toʻxtatildi va dastlabki maʼlumotlarga koʻra, keyingi yilga qadar yopildi. Bu haqda “Tashtrans.uz” xabar qildi.

Oʻzbekiston

29.09.2025, 15:00

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi

Toshkent viloyati hokimligi Chorvoqdagi Sea Breeze kurort majmuasi loyihasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 14:12

Ekologiya vazirligi “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi munosabati bilan bayonot berdi

Ekologiya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida loyihaning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalariga rioya etilishi, ekologik shartlarga amal qilinishini nazorat qiladi.

Oʻzbekiston

04.08.2025, 16:31

Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yoʻli quriladi

Toshkent va Chorvoq oʻrtasida yangi yoʻl qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

02.08.2025, 19:26

So‘nggi yangiliklar

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00

Oʻzbekiston va Pokiston strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Islomobod shahrida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan tor doirada muzokaralar hamda Oʻzbekiston—Pokiston Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

06.02.2026, 12:25

Ilon Mask atrofidagi soʻnggi yangiliklar: katta boylik va jiddiy ayblovlar

Soʻnggi kunlarda amerikalik milliarder Ilon Mask haqida bir vaqtning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy xabarlar tarqaldi.

Jahon

06.02.2026, 12:01

Oʻzbekiston Hindistondan hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari importini vaqtincha chekladi

Oʻzbekistonda Nipax (NiV) virusi tarqalishi xavfi tufayli Hindistondan ayrim turdagi mahsulotlarni olib kirishga vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

Oʻzbekiston

06.02.2026, 11:30