Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 7 mlrd kVt⋅soatga yetdi
Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025 yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 7 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Iqtisodiyot
29.08.2025, 19:45
Ulashish:

Bugungi kunda Oʻzbekistonda umumiy quvvati 4 582 megavatt boʻlgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi «yashil» energiya ishlab chiqarmoqda.
Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi dastlabki quyosh elektr stansiyalari tarmoqqa ulanganidan soʻng 2022 yili 434 mln kVt⋅soat, 2023 yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Oʻtgan yili respublikadagi 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qildi.
Bundan 26 kun oldin, 2025 yil 2 avgust kuni joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani qayd etilgan edi.
28 avgust holatiga koʻra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025 yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 7 mlrd kVt⋅soatga yetdi. Bu oʻtgan vaqt mobaynida kuniga oʻrtacha 29,1 mln kVt·soat elektr energiyasi quyosh va shamol elektr stansiyalaridan olindi, deganidir.
Mazkur generatsiyaning 4 mlrd 360,6 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 2 mlrd 639,4 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
➖ 2 mlrd 100 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 2 mln 940 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 28 avgust soat 16:00 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 11 mlrd, 908,2 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generatsiyaning 21,5 foizini tashkil qiladi.
Buning natijasida:
➖ 3 mlrd 600 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 5 mln tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7,4 million xonadonning sakkiz oylik yoki 4,9 million xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.
Iqtisodiyot
29.08.2025, 19:45
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi
Oʻzbekiston
12.12.2025, 14:40

Oʻzbekistonda «yashil» energiya hajmi 9 milliard kVt·soatga yetdi
Iqtisodiyot
24.10.2025, 10:01

Oʻzbekistonda «yashil» energiyani rivojlantirishga BAA kompaniyasi 27 mln dollar investitsiya kiritadi
Oʻzbekiston
27.09.2025, 12:09

Oʻzbekistonda birinchi quyosh elektr stansiyasi xalqaro «Yashil energiya» sertifikatlari tizimida roʻyxatga olindi
Iqtisodiyot
31.07.2025, 19:41
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi
Jahon
03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi
Jahon
03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi
Oʻzbekiston
03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.
Sport
03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
