Britaniya: Rossiya Navalniyni zaharlab oʻldirgan

Laboratoriya tekshiruvlari natijasida uning tanasidan epibatidin moddasi aniqlangan va aynan shu zahar uning oʻlimiga sabab boʻlgani tasdiqlandi.

Jahon

16.02.2026, 14:54

Ulashish:

Britaniya va uning hamkor davlatlari maʼlum qilishicha, Rossiya oppozitsiyasi yetakchisi Aleksey Navalniy qamoqda boʻlgan vaqtida zaharlangan. 

Britaniya bu holatni Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga rasman maʼlum qildi hamda Rossiyani Kimyoviy qurollar toʻgʻrisidagi konvensiyani qoʻpol ravishda buzganlikda ayblab, bunday xavfli faoliyatni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi.

Epibatidin tabiatda faqat Janubiy Amerikadagi zaharli dart-qurtlar (qurbaqalar) terisida uchraydi. Asirlikdagi qurbaqalarda bu modda hosil boʻlmaydi va u Rossiyada tabiiy ravishda mavjud emas. Shu bois, mazkur moddaning Navalniy tanasidan topilishi uning qasddan zaharlanganini koʻrsatadi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper taʼkidlashicha, Navalniyni Rossiya qamogʻida ushbu turdagi zahar bilan zaharlash imkoniyati, vositasi va sababi faqat Rossiya davlatining oʻzida boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, Britaniya va Yevropa hamkorlari Rossiyani bu harakatlari uchun javobgarlikka tortishda davom etadi.

Britaniya bu voqeani 2018 yilda Solsberida Skripallarga nisbatan «Novichok» qoʻllanilgani va Ukrainada kimyoviy qurollar ishlatilgani bilan bogʻliq holatlarning davomi deb qaramoqda.

Rasmiy London Rossiyada fuqarolik jamiyati va inson huquqlari himoyachilarini qoʻllab-quvvatlashda hamda adolatli va tinch kelajak yoʻlida harakat qilishda davom etishini bildirgan.

So‘nggi yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46