Chetdan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Oʻzbekiston
20.08.2025, 11:03
Ulashish:

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 2005 va 2006 yillarda tugʻilgan 2 nafar mahalliy fuqaro 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” giyohvandlik vositalarini Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelgan vaqtlarida ushlandi.
Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi boʻlgan, Uzun tumanida yashovchi, 2004 y.t. shaxs hamda ajal ogʻusining byurtmachisi hisoblangan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaro ham protsessual tartibda ushlandi.
Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Qozogʻiston Respublikasidan xalqaro oʻtkazish punkti orqali mamlakatimizga kirib kelgan Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991 y.t. shaxsga tegishli yuklar oʻrnatilgan tartibda tekshirildi.
Natijada marmar quyma tosh ichiga yashirilgan 7 kg 902 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi maʼlum boʻldi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, narkokurʼer moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu giyohvandlik vositasini Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida nomaʼlum shaxs tomonidan telegram bot orqali koʻrsatilgan manzildan olib, Oʻzbekistondagi buyurtmachiga yetkazib berishi kerakligi aniqlandi.
Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 y.t. fuqaro Oʻrta Chirchiq tumanida ajal ogʻusini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.
Davlat xafsizlik xizmatining Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida afgʻonistonlik narkosavdogarlardan giyohvandlik vositalarini olib, Fargʻona viloyatida sotish bilan shugʻullangan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi.
Xususan, Qoʻqon shahrida yashovchi, 1964 y.t. ayol va uning 1993 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan oʻgʻli qoʻlga olinib, ulardan Afgʻonistondan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan 5 kg 878 gr “opiy” va 3 kg 922 gr “gashish” moddalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
20.08.2025, 11:03
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Afgʻonistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 13:19

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi
Oʻzbekiston
22.07.2025, 13:57

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
14.09.2024, 10:55
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
