Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Davlat xavfsizligi xizmati Rossiya, Tojikiston va Qirgʻiziston Respublikalaridan olib kelingan narkotik moddalarning aylanmasiga chek qoʻydi. 
 

Ulashish:

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Rossiya, Tojikiston va Qirgʻizistondan narkotik moddalarni tashiganlar qoʻlga olindi

Aytilishicha, 1995 yilda tugʻilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1992 va 2005 yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs bilan oʻzaro til biriktirib, Tojikistondan Oʻzbekiston hududiga 20 kg 749 gr "opiy" moddasini olib oʻtishga uringan. Ammo ular Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. 

Boshqa holatda esa Rossiya Federatsiyasidan Qozogʻiston Respublikasi orqali Oʻzbekistonga kirishga uringan Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi "LADA Largus" rusumli mashina DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tekshirilgan. Oqibatda mashinadan Moskva shahridan olib kelinayotgan 2 dona ovoz chiqarish kolonkasi ichiga yashirib qoʻyilgan 18 kg 97 gr "Mefedron" sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida u oʻzining shaxsiy avtomashinasida "Oʻzbekiston-Rossiya-Oʻzbekiston” yoʻnalishida fuqarolarni tashish bilan shugʻullanishi maʼlum boʻlgan. 

Shuningdek, DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs va muqaddam oʻgʻrilik jinoyati uchun sudlangan fuqaro oʻzaro til biriktirib, Qirgʻiziston Respublikasidan 56 000 dona "Regapen" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib kirgani aniqlangan. Ularning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda qoʻshimcha 6780 dona "Zardeks" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi ham maʼlum boʻlgan. 

Bundan tashqari, DXXning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida doimiy yashovchi muqaddam sudlangan fuqaroning "Nexia" rusumli avtotransport vositasi va uning Yakkasaroy tumanidagi ijaraga olgan xonadoni koʻzdan kechirilgan. Oqibatda fuqaroga tegishli boʻlgan 43 666 dona "Regapen" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ushbu dori vositalari ham Qirgʻiziston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Dunyoda qudratli harbiy kuchga ega davlatlar oʻz taʼsir doirasini kuchaytirish va soʻzini oʻtkazish uchun maʼlum hududlarda harbiy bazalar ochadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 80 ta davlatda, Rossiyaning 14 ta, Turkiyaning 11 ta, Eron va Saudiya Arabistonining uchta mamlakatda oʻz harbiy bazalari mavjud. Markaziy Osiyo hududida ham bir nechta xorijiy harbiy bazalar joylashgan. Xoʻsh, ular qaysi davlatlarga tegishli va mintaqada bu borada kimning taʼsiri kuchli? Bugun shu haqda gaplashamiz.

Siyosat

04.02.2025, 14:04

Qirgʻizistonda Rossiyaga bogʻliq yangi «Nomad» telekanali ochiladi

Qirgʻizistonda «Nomad» nomli yangi telekanal ishga tushmoqda. «Radio Ozattik» yozishicha, u Kreml tomonidan moliyalangan RT kanali va moldaviyalik biznesmen Ilan Shorga tegishli tuzilmalar bilan bogʻliq.

Jahon

20.11.2025, 14:19

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi

Kecha, 19 mart kuni Qirgʻiziston parlamenti qoʻshni Tojikiston 23 yildan beri davom etib kelayotgan muzokaralarni yakunlab, chegara toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.

Jahon

20.03.2025, 13:51

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?

Markaziy Osiyo davlatlarining 2024-yildagi tashqi qarzlarini umumiy qilib qoʻshganda, taxminan $210 milliard AQSh dollari atrofida boʻladi.Bu qarzlarning asosiy qismlari quyidagi manbalardan olingan:1. Xalqaro moliya institutlari: Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi tashkilotlar.2. Davlatlar: Asosiy yordam va qarzlarni taqdim etayotgan mamlakatlar Xitoy, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar.3. Tijorat banklari va moliya kompaniyalari: Turli tijorat banklari va xususiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan qarzlar.Umumiy qarzning taqsimlanishi va manbalari har bir mamlakat uchun farq qilishi mumkin, ammo koʻpincha yirik loyihalar va infratuzilma uchun qarz olinadi.

Iqtisodiyot

08.08.2024, 15:12

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01