updated: 22.03.2026, 04:54

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg 585 gr giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Ulashish:

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan – Denov tumanida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning yonida 9 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositasi kelgusida sotish maqsadida tojikistonlik narkokurʼerlar tomonidan yetkazib berilganligi maʼlum boʻldi.

Bu yoʻnalishda Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida Fargʻona viloyatida ham tezkor tadbir oʻtkazildi.

Jumladan, Fargʻona shahrida yashovchi, 1994 va 1988 yillarda tugʻilgan 2 nafar fuqaro ketayotgan avtotransport vositasi shahar hududida harakatlanayotgan vaqtida toʻxtatilib tekshirilganda, ularning yonida 5 kg 862 gr “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan ushbu giyohvandlik vositasini har bir kg.ni 89 mln. soʻmdan kelishgan holda sotib olmoqchi boʻlgan vaqtida – Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro ham qoʻlga olindi. 

Bundan tashqari, ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam Qirgʻiz Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumanida narkosavdogardan olib, mamlakatimizga kontrabanda yoʻli bilan keltirgan jinoiy guruh yetakchisi - Soʻx tumanida yashovchi, 1987 y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Namangan shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida yashovchi, 1992 y.t., muqaddam sudlangan shaxs 3 kg 950 gr “gashish” moddasini xaridorga 38 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi. 

Shuningdek, u bilan birga kelgan, jinoiy sherigi – Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaro ham qoʻlga olindi. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, 1992 y.t. shaxsning Fargʻona tumanidagi yashash xonadonidan muqaddam Qirgʻiz Respublikasidan keltirilgan 868 gr “gashish” moddasi ham olindi.

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1969 y.t. mahalliy fuqaro va uning Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. jinoiy sherigi oʻzaro kelishgan holda, Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 1 kg 962 gr “opiy” moddasini xaridorga 200 mln soʻmga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmalari hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Fargʻona viloyatida yashovchi, 1988 y.t. hamda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi, 1969 y.t. muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan 943 gr “opiy” moddasini sotmoqchi boʻlgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg 585 gr giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 13:57

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi

Maʼlum boʻlishicha, korxona faqat biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish ruxsatnomasiga ega boʻlganiga qaramasdan, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda qalbaki dori vositalari ham tayyorlab kelgan. Jumladan, «Pikovit» – Pivovit, «Kanefron» – Kanaseron, «Espumizan» – Espumetik, «Nistatin» – Nestitam koʻrinishida ishlab chiqarilgan.

Siyosat

01.11.2025, 11:31

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan davlat tuzilmalaridagi korrupsiya holatlariga qarshi kurash doirasida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

09.10.2025, 13:21

Toshkentda soxta DXX va PA xodimi 3,5 yilga qamaldi

Toshkentda 33 yoshli erkak DXX guvohnomasini soxtalashtirib, oʻzini prezident administratsiyasi vakili sifatida koʻrsatib yurgani aniqlandi. Sud hukmi bilan u 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ayblanuvchi jinoyatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan IIOga xabar berishlari soʻraldi.

Oʻzbekiston

07.10.2025, 15:43

Afgʻonistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 13:19

DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Qashqadaryo va Samarqandda davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pul olgan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 21:30

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qoʻyildi

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda internet tarmogʻi orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruhning faol aʼzosi qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 12:25

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45