Qashqadaryo viloyatida ish kiritib qoʻyish evaziga pul talab qilgan FVB xodimi ushlandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani FVB boshligʻi 2 nafar fuqaroni goʻyoki ishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, 3,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Qashqadaryo viloyatida ish kiritib qoʻyish evaziga pul talab qilgan FVB xodimi ushlandi

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi 2 nafar fuqaroning joriy yil iyul oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari boʻlimlarini kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlariga haydovchi vazifasiga ishga qabul qilinganliklaridan foydalanib, goʻyoki ularning ishga kirishlarida koʻmaklashganini roʻkach qilgan.

 

U buning evaziga fuqarolardan 6 ming dollar talab qilgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB maʼmuriy binosida soʻralgan pul mablagʻidan 3,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ishga kiritib qoʻyicha evaziga pora olish holati Fargʻona viloyatida ham kuzatildi. Margʻilon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bogʻcha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga xizmat xonasida 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

15.08.2025, 10:36

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Sudyalar sud ostida: Akmaljon Shukurov ishi Oʻzbekiston sud tizimi uchun nodir pretsedentga aylandi

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda jamoatchilik eʼtiborini tortgan eng muhim huquqiy voqealardan biri yuz berdi.

Oʻzbekiston

14.01.2026, 08:49

Soliq xodimlari pora olayotganda qoʻlga olindi

Sirdaryo tumanida MChJdagi tekshiruv vaqtida 400 mln soʻm soliq qarzi aniqlandi. Soliq boshqarmasi shoʻʼba boshligʻi va bosh inspektor qarzni 90 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga 1 500 dollar olmoqchi boʻlgan paytda DXX va Prokuratura tomonidan ushlandi.

Oʻzbekiston

17.11.2025, 10:54

Advokatlik qasamyodiga sodiq boʻlmagan advokat qoʻlga olindi

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha noqonuniy talab qoʻygani aniqlandi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 10:12

QQS bilan bogʻliq yirik firibgarlik fosh etildi

Toshkentda hisobchi 17 mlrd soʻmlik QQSni qaytarish uchun 35 ming dollar pora talab qildi. U 20 500 dollar olgan vaqtda qoʻlga olindi. Soliq qoʻmitasining katta inspektori ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

Oʻzbekiston

28.10.2025, 10:48

Qashqadaryodagi omborda yongʻin sodir boʻldi

Qashqadaryodagi omborda yongʻin sodir boʻldi

Kecha, 29 sentabr Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, “Oʻzbekiston” MFY, “Yetimquduq” qishlogʻida yer ustiga oʻrnatilgan dizel yoqilgʻi saqlash sigʻimida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.

Oʻzbekiston

30.09.2025, 09:39

Fargʻonada korrupsion holatlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida gaz ulab berish va kadastr hujjatini tayyorlab berish evaziga pul talab qilgan masʼul shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

26.09.2025, 15:32

So‘nggi yangiliklar

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52