Davlat bayrogʻidan foydalanish tartibi oʻzgarmoqda
Loyihada bayroqni teskari osish, uning estetik koʻrinishini buzish, ustiga turli predmet qoʻyish yoki ramziy mazmunini kamsituvchi harakatlar taqiqlanadi.
Oʻzbekiston
19.02.2026, 09:07
Ulashish:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasi Davlat bayrogʻidan foydalanish madaniyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, unga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashni koʻzda tutadi.
17 fevral kuni Adliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi loyihani jamoatchilik muhokamasiga chiqardi. Hujjatda bayroqni vertikal holda joylashtirish, uni rasmiy tadbirlarda qoʻllash hamda dafn marosimlarida foydalanishning aniq qoidalari belgilangan.
Vertikal joylashtirish: yangi standart va talablar
Endilikda Davlat bayrogʻini dastasiz, vertikal shaklda devorlarga yoki maxsus konstruksiyalarga oʻrnatish tartibi rasmiylashtirilmoqda. Bunda bayroqdagi ramzlar joylashishiga eʼtibor qaratilgan: bayroq vertikal osilganda, yarim oy va yulduzlar tasviri yuqori oʻng burchakda — kuzatuvchining oʻng tomonida boʻlishi shart. Bayroq matosining pastki qismi esa yer sathidan kamida 30 santimetr balandlikda turishi lozim.
Koʻchalar va maydonlarda bayroqni joylashtirishda transport harakati yoʻnalishi ham inobatga olinadi: oʻng tomonlama harakatlanishdan kelib chiqib, yoʻlovchilar va haydovchilar uchun bayroq ramzlari yuqori oʻng burchakda koʻrinishi, orqa tomondan qaralganda esa chap tomonda boʻlishi belgilangan. Jamoat joylariga kirish qismlarida ham bayroq shu tarzda — kirib kelayotgan shaxsga nisbatan oʻng burchakda oy-yulduzlari bilan koʻrinarli boʻlishi talab etiladi.
Dafn marosimlarida hurmat
Loyihaning yana bir muhim yangiligi — Davlat bayrogʻini tobut ustiga yopish tartibi. Bu marosim davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shaxslar, xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun koʻzda tutilgan.
Bayroqning oy va yulduzli qismi marhumning bosh qismi va chap yelkasi ustida boʻlishi, mato chetlari esa yerga tegmasdan tobutni toʻliq yopib turishi shart. Bayroq ustiga hech qanday buyum qoʻyish taqiqlanadi. Jasad qabrga qoʻyilishidan oldin bayroq ehtirom bilan yigʻib olinadi va maqbul joyda saqlanadi.
Rasmiy xonalar va ommaviy tadbirlar
Hujjatda mahalliy hokimiyat organlari majlis zallarida va diplomatik vakolatxonalarda bayroqni joylashtirish tartibi ham aniqlashtirilgan. Bayroq raislik qiluvchining orqa yoki oʻng tomonida, ishtirokchilar uchun esa markaziy va toʻsiqsiz koʻrinadigan joyda boʻlishi lozim.
Agar zalda bir nechta bayroq boʻlsa, Oʻzbekiston bayrogʻi har doim oʻng tomonda yoki kompozitsiya markazida — eng ustuvor oʻrinda boʻlishi shart. Ommaviy tadbirlarda, xususan saf tortib yurishlarda, Davlat bayrogʻi safning old qatorida yoki oʻng qanotida olib yuriladi; uni boshqa bayroqlardan keyin olib yurish qatʼiyan taqiqlanadi.
Milliy ramzga nisbatan taqiqlar
Loyiha bayroqka nisbatan har qanday hurmatsizlikka chek qoʻyishni maqsad qiladi. Jumladan, bayroqni teskari osish, uning estetik koʻrinishini buzish, ustiga turli predmet qoʻyish yoki ramziy mazmunini kamsituvchi harakatlar taqiqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi 2026 yil 4 martga qadar davom etadi. Har bir fuqaro milliy gʻururimiz timsoli boʻlgan bayroqdan foydalanish qoidalarini takomillashtirishda fikr bildirishi mumkin
Oʻzbekiston
19.02.2026, 09:07
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56

