Ekologiya vazirligi Navoiyda 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi

Navoiyda shahar va unga tutash hududlardagi 168 ta sanoat korxonasi faoliyati oʻrganilmoqda.

Ulashish:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi rahbariyati hamda Bosh prokuraturadan iborat ishchi guruh Ekologiya vazirining topshirigʻiga binoan Navoiy shahrida oʻrganish ishlarini olib bormoqda. Maqsad — atmosfera havosining ifloslanish manbalarini aniqlash, sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha samarali choralar koʻrish.

Oʻrganish ikki yoʻnalishda olib borilmoqda: birinchisi — shaharda qayd etilgan oq tuman (yoki oq tutun) manbaini aniqlash, ikkinchisi — sanoat chiqindilari bilan bogʻliq umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash. Barcha chora-tadbirlar qatʼiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda, qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda masʼul shaxslarga nisbatan qattiq choralar koʻriladi.

Birinchi holatda, 19 iyul kuni Navoiy shahrida atmosfera havosining oq tutun bilan ifloslanishi boʻyicha laboratoriya tahlillari va boshqa maʼlumotlar toʻplandi. Navoiy shahri hududi boʻylab 11 ta nuqtadan koʻchma laboratoriya orqali havoning ifloslanish darajasi tahlil qilinganda oltingurgurt ikki oksidi (SO₂) belgilangan meʼyordan 1,86 baravar, ammiak (NH₃) esa 1,43 baravar yuqori ekanligi maʼlum boʻldi.

Shu kuni soat 05:30da (sobiq “Elektrokimyo” zavodi xududida) “Sogda kimyo zavod” MChJ, “Ferrosplav” MChJ va "Zarafshon industrial technology" MChJ zavodlariga tutash hududda qisqa vaqtning oʻzida konsentranlangan tashlanma shakllantirilgan videotasmasi dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Ushbu korxonalarni tekshirish davomida:

1) “Sogda kimyo zavod” MChJ davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olmasdan faoliyat yuritayotganligi, oʻz hududida betartib chiqindixona yaratganligi hamda qurishi jarayonida hosil boʻlgan qurilish chiqindilarni hududidan tashqarida joylashtirganligi, zararli moddalar ochiq hovuzda saqlanayotganligi, zararli moddalarni eritish jarayonida hosil boʻlgan kislotali suvlar ochiq relefga tashlanganligi, atmosfera havosiga nazoratsiz tashlanmalar chiqarayotganligi aniqlanib, atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun jami 7 mlrd 382 mln soʻm toʻlovlar belgilandi; 

2) “Ferrosplav” MChJ davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olmasdan faoliyat yuritayotganligi, xomashyoni eritishdan hosil boʻlayotgan ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqarilayotganligi va sanoat chiqindilari betartib toʻplanayotganligi aniqlandi; 

3) “Zarafshon industrial technology” MChJ esa davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablarni bajarmaganligi, ruxsat etilgan meʼyordan vodorod sulfid 25 baravar, azot oksidi 12 baravar, ammiak 7 baravar, oltingurut qoʻsh oksidi 2,6 baravar, vodorod sulfid 40 baravar yuqori ekanligi va oltingugurt saqlash omborxonasida zararli moddalarni saqlash talablariga roiya etilmaganligi aniqlandi.

Mazkur sanoat korxonalari atrof-muhitni ekologik normativdan ortiq darajada ifloslantirganligi va belgilangan qonunchilik talablari qoʻpol ravishda buzilganligi sababli Ekologiya vazirligi tomonidan ularning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur korxonalarga ekologik tadbirlarni amalga oshirish uchun 10 kun muddat berildi. Ushbu muddat ichida korxonalar oʻz faoliyatini ekologik talablarga moslagan holda yoʻlga qoʻymasa, sudga tegishli ravishda ularning faoliyatini tugatish boʻyicha daʼvo arizalari kiritiladi. 

Ikkinchi holatda, Navoiy shahrida umumiy ekologik vaziyatni oʻrganish va yaxshilash boʻyicha 3 ta guruh shakllantirilib, shahar va unga tutash hududlardagi 168 ta sanoat korxonasi faoliyati oʻrganilmoqda.

Bugunga qadar 42 ta korxona oʻrganilib, ekologiya sohasidagi qonun talabalariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan jarima choralarini qoʻllash uchun sud organlariga materiallar tayyorlandi.

Shu bilan bir qatorda oʻrganish davomida 22 korxona — (“Qurilish mahsulotlari” (gʻisht zavodi), “Navoiy global trans servis” (granit),  “Ittifoq” (gʻisht zavodi), “Qizilqum temir beton” (plita), “Qizilqum shifer” (shifer), “Stroykom-77” (buyoq pegmenti), “Karmana kvars” (ohak zavodi), “Navoiy util med” (tibbiyot chiqindilarni yoqish), “Navoiy asir invest” (kimyoviy moddalar saqlash ombori),  “BARNO” (qurilish chiqindi poligoni), “Navoiy sheben xom-ashyo” (ohak va tosh maydalash sexi), “Navoiy sheben xom-ashyo” (ohak zavod), “Navoiy asir invest savdo” (sirka kislotasi omborxona), “Montaj servis malikrabot” (metalga ishlov berish), “Karmanasut” (sut qayta ishlash), “Alibobo-2020” (temir eritish), “Fosxim agro” (fosforli oʻgʻit ishlab chiqarish), “Jahon biznes baraka servis” (ohak sexi), “Rubin-karmana” (asfalt zavod), “Sogda kimyo zavod” (kimyoviy oʻgʻit ishlab chiqarish), “Ferrosplav” (metall eritish) MChJlar, “Parda bobo ustaxonasi” (beton blok) faoliyati ekologik ekspertizadan oʻtkazilmaganligi, atmosfera, yer va suv muhofazasi bilan bogʻliq talablar qoʻpol ravishda buzilganligi, betartib chiqindixonalar yaratilganligi sababli ularning faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu korxonalarga ham 10 kunlik muddat berildi. Kamchiliklarini barataraf etmagan 19 ta korxonalarni faoliyatini toʻxtatish boʻyicha sudga daʼvo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, “Navoiy azot korxonasi” faoliyati oʻrganilganda, korxona hududida hosil boʻlgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarda saqlab kelinganligi, qurim (saja) chiqindisi yoqib yuborilishi oqibatida atmosferga havosi ifloslantirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, 29 iyul kuni korxonaning karbamid sexida olingan tahlil natijasida ammiak belgilangan meʼyoridan 1,08 marotaba yuqoriligi, 29 iyuldan 30-iyulga oʻtar kechasi “Navoiyazot” AJ atrofida oʻtkazilgan tahlillar natijasida soat 23:43da sharqiy hudud atrofida (NH₃) ammiak moddasi miqdori 1,5 marta, (H₂S) vodorod sulfidi 36 marta, soat 00:16da gʻarbiy hudud atrofida (NH₃) ammiak moddasi miqdori 6,6 marta (H₂S) vodorod sulfidi 1,4 marta, (SO2) oltingugurt toʻrt oksidi moddasi 1,2 marta meʼyordan yuqori chiqishi holati aniqlandi. 

Oqibatda korxona jarima va kompensatsiya toʻlovlariga tortilib, huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat belgilandi.

Joriy yilning 24 iyul kuni tungi vaqtda oʻtkazilgan tezkor nazorat tadbiri davrida Navoiy shahriga chegaradosh Karmana tumanining togʻli hududida 24 nafar fuqaro tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz, ekologik meʼyorlarga mutlaqo zid boʻlgan noqonuniy ohak ishlab chiqarish faoliyati olib borilayotganligi, natijada atmosfera qora tutun va changlar bilan ifloslantirilayotganligi aniqlangan. Oqibatda jami 24 nafar fuqaroga nisbatan 18 mln soʻm jarima belgilandi hamda noqonuniy qurilmalar buzib tashlandi. 

Faoliyatini ekologik ekspertizadan oʻtkazmagan, ekologik qonunchilik va talablarga muvofiq faoliyat yuritmayotgan korxonalarga jazo choralarini koʻrish va ularning faoliyatini ekologik huquqiy meʼyorlarga moslashtirish boʻyicha Navoiy shahri boʻylab oʻrganishlar tun-u kun davom etmoqda. Oʻrganishlar natijasi boʻyicha Navoiy shahri atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirishda har bir korxona kesimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ekologik tadbirlar dasturi shakllantiriladi hamda Navoiy viloyati Xalq deputatlari kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Vaziyat qatʼiy nazorat ostida. Ekologiya vazirligi tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzuvchi korxonalarga nisbatan bundan buyon ham qatʼiy choralar koʻradi.

Oʻzbekiston

01.08.2025, 16:34

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Navoiyda 10 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan chetlatildi

2025 yilning 10 oyi mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 93 ta turli salbiy holat aniqlangan. Mazkur holatlar natijasida 10 nafar xodim tizimdan chetlatilgan. Bunga xodimlarning nopokligi, bilimsizligi va fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlgani sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston

17.12.2025, 12:19

Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 10 ming AQSh dollari, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi 40 mln soʻm olgan vaqtida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.10.2025, 10:07

Navoiyda fuqaro nega kaltaklandi? IIB bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Navoiy shahrida olimpiada chempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazganligi tasvirlangan videoxabar yuzasidan Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

02.09.2025, 16:30

Navoiydagi 8 ta konga investorlar 566 million dollar sarmoya kiritishga tayyor

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 avgust kuni Navoiy viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Iqtisodiyot

08.08.2025, 18:42

Navoiyda havo ifloslanishi bilan bogʻliq holat oʻrganildi

“Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlandi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 17:21

Navoiyda 41 yoshli erkak oʻzini yuk mashinasi tagiga tashladi

Navoiyda 41 yoshli erkak oʻzini yuk mashinasi tagiga tashladi

Joriy yilning 27 oktabr kuni Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi 41 yoshli erkak oʻzini harakatlanayotgan yuk mashinasi ostiga tashladi. Bu haqda PARADIGMA.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

02.11.2024, 12:42

So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48