Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 10 ming AQSh dollari, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi 40 mln soʻm olgan vaqtida qoʻlga olindi.

Ulashish:

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman boʻlimi mutaxassisi oʻzaro til biriktirib, noqonuniy boylik orttirishni maqsad qilishadi.

Ular, tasarrufida 452 gektar yer maydoni boʻlgan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikni kelgusi yil sholi yetishtirish taqsimotiga kiritish, eksport rejasi bajarilganligini tasdiqlash, taqsimotsiz sholi yetishtirgan holatiga nisbatan chora koʻrmaslik, shuningdek, goʻyoki Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tumandagi fermer xoʻjaliklari faoliyati boʻyicha oʻtkazilayotgan tekshiruvda uni himoya qilish evaziga xoʻjalik rahbaridan joriy yilning iyun oyida 10 ming AQSh dollari olishadi.

Keyinroq esa hokimi oʻrinbosari yer maydonini davlat zaxirasiga olib qoʻyish va fermer xoʻjalik rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻattirish bilan tahdid qilib, qoʻshimcha 20 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, hokim oʻrinbosari soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSh dollarini oʻzining hamtavogʻi boʻlgan mutaxassis orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda hokim oʻrinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman boʻlimi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Navoiy viloyatida kuzatilgan holatda esa Karmana tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalariga masʼul boʻlgan hokim yordamchisi noqonuniy ravishda 40 mln soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirib, 2024 yilda boshqa bir fuqaroga ijaraga berilgan M-37 avtomobil yoʻli yoqasidagi 12 kv.m yer maydonini uni nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 mln soʻm talab qilgan.

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

06.10.2025, 10:07

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Navoiyda 10 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan chetlatildi

2025 yilning 10 oyi mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 93 ta turli salbiy holat aniqlangan. Mazkur holatlar natijasida 10 nafar xodim tizimdan chetlatilgan. Bunga xodimlarning nopokligi, bilimsizligi va fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlgani sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston

17.12.2025, 12:19

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin

Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IESdagi nosozlik tufayli ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin. Maʼlumotga koʻra, ACWA Power tomonidan foydalanishga topshirilgan stansiyaning 2-sonli gaz turbinasida rotor muammosi aniqlangan. Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tayyorlagan yangi rotor 8 dekabr kuni maxsus reys bilan Toshkentga yetkazilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 11:10

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi

Toshkent shahridagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich boshqa hududlarga koʻchirish jarayoni davom etmoqda. Sirdaryoga koʻchishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarga erkin iqtisodiy zonadan soddalashtirilgan tartibda va chegirma asosida yer ajratiladi. Shuningdek, 10 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit berilishi hamda xomashyolarni temir yoʻl orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qoʻllanishi belgilandi.

Oʻzbekiston

05.12.2025, 10:31

Guliston shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

Guliston shahridagi ichki yoʻllar boʻylab qatnovlarni amalga oshirish maqsadida 52 ta avtobus olib kelindi. Ular “Yevro-5” standarti talablariga toʻliq javob berib, tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi.

Oʻzbekiston

04.12.2025, 19:39

Sirdaryo tumani soliq rahbarining haqoratli murojaati tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari ekani aytilayotgan mansabdor xodimlariga qoʻpol tarzda baqirib, ularni haqorat qilayotgan video tarqaldi. Unda rahbar oʻz xodimlariga nisbatan keskin, odobsiz va haqoratli soʻzlarni qoʻllagani aks etgan.

Oʻzbekiston

14.11.2025, 09:39

Mirzaobod tumani sobiq hokimi jinoiy jazoga tortildi

Jinoyat ishi Sardoba suv omboridagi favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq: tumanni 2020-2023 yillarda boshqargan Jonibek Yariyev toshqinda uy-joyi buzilgan oilalar uchun qurilgan oʻnga yaqin yangi uyni belgilangan talablarga zid ravishda berib yuborgan.

Oʻzbekiston

28.10.2025, 13:41

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26